O‘zA O`zbek

19.05.2020 Chop etish versiyasi

Afrika laqqasi

Afrika laqqasi

Namangan shahrining Boʻston mahallasidagi Fazliddinovlar xonadoni 1,5 sotixli havzada baliqchilik bilan shugʻullanayotgani eʼtibor va hayratga molik.

Viloyat hokimi X.Bozorov bu yangilikni eshitib ushbu xonadonga bordi. Tadbirkor oilaning saʼy-harakati samarasi bilan tanishdi.

Xonadon sohibi, tadbirkor A.Fazliddinov olti sotixli hovlining toʻrtdan bir qismida hovuz qazib, baliq boqish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi va 19 ming dona afrika laqqasi chavogʻini tashladi.

– Kelgusi yili bu yerdan 40 tonnagacha baliq olish mumkin, – deydi A.Fazliddinov. – Afrika laqqasiga ichki bozorda talab yuqori boʻlib, atrofimizdagi boʻsh yotgan yer maydonlarini ham tasarrufimizga olib, faoliyatimizni kengaytirish, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish, kelgusida qoʻshni davlatlarga eksport qilishni ham yoʻlga qoʻyish niyatidamiz.

Viloyat rahbari shahar sharoitida, kichik yer maydonida tashkil etilgan baliqchilik xoʻjaligiga yuqori baho berib, shahar mutasaddilariga yosh tadbirkor faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berdi.

2 993
Akromjon SATTOROV, Hotamjon MAMADALIYEV(surat), OʻzA