Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Sayrob qishlog‘idagi qadimiy chinor haqida ko‘pchilik yurtdoshlarimiz eshitgan, biladi.

Viloyatga sayohat qilish uchun sabablar keltirilsa, avvalida ushbu chinor yodga olinadi. Sababi, ulkan kavakli chinor Surxon zamini bag‘rida qariyb 950 yildan buyon yashnab turibdi. Balandligi 21 metr, kavagining yer sathidan o‘lchami 16,5 metr bo‘lib, kavak og‘zi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida. Tarixga nazar tashlasak, oktabr to‘ntarishiga qadar eski maktab vazifasini ham aynan shu chinor o‘tagan. 1920 yilda qishloq kengashi binosi bo‘lgan. 1932-1934 yillarda 1-otliq askarlar polkining lager kutubxonasi bo‘lgan, 1936 yilda savdo do‘koni vazifasida ham ishlatilgan. Hozirda esa chinor tabiiy yodgorlik sifatida muhofazaga olingan va uning ichida mo‘jazgina muzey tashkil etilgan.

2.jpg

3.jpg

6.jpg

8.jpg

9.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
950 yillik chinordan qay maqsadlarda foydalanilgan?