O‘zA O`zbek

14.07.2020 Chop etish versiyasi

60 dan ziyod mahalliy yoshlar bandligi taʼminlandi

60 dan ziyod mahalliy yoshlar bandligi taʼminlandi

Qoʻqon erkin iqtisodiy zonasida tadbirkor Sodiqjon Soliyev rahbarlik qilayotgan “Grand Art class ” masʼuliyati cheklangan jamiyatida 10 turga yaqin erkaklar va ayollar poyabzali ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Mahsulot sifati xorijnikidan qolishmaydi. Eng muhim jihat 60 dan ziyod yoshlarning bandligi taʼminlandi .

Shuningdek, tadbirkor S.Sodiqov xorijiy hamkorlar bilan 5 ta loyihani amalga oshirdi. Ayni paytda bu yerdagi sunʼiy teri ishlab chiqarish obyektida hamkorlar bilan qurilish ishlari qizgʻin davom etyapti. Yangi korxona mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

3 610
Muqimjon QODIROV (surat), OʻzA