O‘zA O`zbek

05.03.2019 Chop etish versiyasi

6 sotix yerdan qariyb 90 million soʻm foyda kutilmoqda

6 sotix yerdan qariyb 90 million soʻm foyda kutilmoqda

Fargʻona viloyatining Yozyovon tumani Ittifoq mahallasida yashovchi Olimjon Olimov oʻtgan yil noyabr oyida “Xalq banki”ning tuman filialidan 35 million soʻm imtiyozli kredit olib, 6 sotix yerda issiqxona tashkiletgandi.

Dekabr oyining dastlabki kunlarida sepilgan urugʻ bugun 50.000 dona pomidor, 30.000 dona qalampir, 10.000 dona bulgʻor va 5000 dona bodring koʻchatiga aylandi. Hozir Olimjon pomidor koʻchatini 1200 soʻm, bodringni 900, qalampir va bulgʻorni 600 soʻmdan pullamoqda. Bu esa, salkam 90 million soʻm daromad deganidir. Bundan tashqari, O.Olimov yaqinda boʻshagan yerga yana 1600 tup pomidor koʻchati oʻtqazdi. Hosilni yigʻishtirib olgach, avgust oyida oʻrniga bodring ekmoqchi. Demak, daromad salmogʻi yanada ortadi.

1.jpg

7.jpg

10.jpg

11.jpg

1 619
Muqimjon Qodirov (surat), OʻzA