O‘zA O`zbek

26.01.2018 10:00 Yangi qonunlarga sharhlar

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksini tasdiqlash haqida

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 15-dekabrda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda
ma’qullangan


1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi tasdiqlansin.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini Kodeksga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari Kodeksga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Kodeksning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlasin.

4-modda. Ushbu Qonun 2018-yil 1-apreldan e’tiboran kuchga kiradi.



O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti                               Sh. Mirziyoyev


Toshkent shahri, 2018-yil 25-yanvar
№ URQ-462