O‘zA O`zbek

09.07.2018 22:02 O'zbekiston Respublikasining yangi qonunlari

“O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 20-iyunda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 28-iyunda
ma’qullangan

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 31 avgustda qabul qilingan “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi 113–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil,

№ 9, 188-modda; 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 4–5, 126-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009 yil, № 12, 472-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).

2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti                           Sh. Mirziyoyev