O‘zA O`zbek

SO‘NGGI YANGILIKLAR

XDP Markaziy kengashi plenumi

03.10.07 22:12 | Siyosat

Bo‘lajak O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish yo‘lidagi muhim bosqichdir. Ko‘ppartiyaviylik sharoitida o‘tkazilayotgan mazkur saylov kampaniyasi mamlakatimizda demokratik jamiyat izchil shakllanib, fuqarolar siyosiy ongi o‘sib borayotganining yaqqol dalilidir. O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi shundan kelib chiqqan holda, saylov kampaniyasida faol ishtirok etish zarur va bu kampaniya partiya uchun jiddiy siyosiy sinov bo‘ladi, deb hisoblaydi.

Biyennale ko‘rgazmalarga chorlaydi

03.10.07 20:37 | Madaniyat

Poytaxtimizda davom etayotgan “New: xayol va haqiqat” mavzuidagi IV Xalqaro Toshkent zamonaviy san’at biyennalesi doirasida 3 oktabr kuni O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida Germaniya videoartiga bag‘ishlangan loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Huquqini bilgan fermer adashmaydi

03.10.07 20:36 | Iqtisodiyot

Bugungi kunda fermerlar mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tizimida hal qiluvchi, yetakchi kuchga aylandi. Mulkchilikning bu shakli har tomonlama qulay ekani amalda o‘z isbotini topdi. Bu borada yaratilgan huquqiy asoslar fermerning mavjud imkoniyatlardan foydalanib, ko‘proq daromad olishiga, manfaatdorligi oshishiga xizmat qilmoqda.

Mezbonlar g‘alaba qozongan tur

03.10.07 18:09 | Sport

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XVI milliy chempionatining birinchi ligasida o‘tkazilgan o‘ttiz birinchi turdagi sakkizta uchrashuvning barchasida mezbon jamoalar g‘alaba qozondi.

Toshkentda Belarus milliy ko‘rgazmasi ochildi

03.10.07 18:08 | Iqtisodiyot

Toshkentda Belarus Respublikasining milliy ko‘rgazmasi ochildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ko‘magi bilan Belarus Respublikasi Savdo vazirligi, “BelEKSPO” milliy ko‘rgazma markazi va ushbu mamlakatning yurtimizdagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi. Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi milliy ko‘rgazmasi ilk bor 2006 yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan edi.

“Toshkent open”: birinchi bosqich yakunlandi

03.10.07 17:59 | Sport

Toshkent tennis markazida davom etayotgan Xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) tasnifiga kiritilgan “Toshkent open” xalqaro tennis turnirining birinchi bosqich bellashuvlari yakunlanib, ularda g‘olib chiqqan tennischilar bosh sovrin uchun kurashni davom ettirmoqda.

O‘zbekistonda kuzgi g‘alla ekish davom etmoqda

03.10.07 17:57 | Iqtisodiyot

Mamlakatimiz fermer xo‘jaliklarida kuzgi g‘alla ekish jadal davom etmoqda. Joriy yilda bir million ikki yuz sakson ikki ming gektardan ko‘proq maydonga g‘alla ekish rejalashtirilmoqda. Bugungi kunda dehqonlarimizning diqqat-e’tibori ekishni agrotexnika talablariga muvofiq sifatli o‘tkazishga qaratilgan.

Bank-moliya tizimi: islohot va samara

03.10.07 13:09 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazida O‘zbekiston bank-moliya tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirish mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida ekologiya muammolari

03.10.07 11:35 | Jamiyat

Toshkentda “Markaziy Osiyoda atrof-muhit muammolari, ularning oqibatlari va hal etish yo‘llari” mavzuida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Uni o‘tkazishdan maqsad mintaqamizda ekologik ahvolni yaxshilash uchun mamlakatimiz va xorij olimlarining sa’y-harakatlarini birlashtirishdan iborat.

To‘kinlik va farovonlik timsoli

03.10.07 11:35 | Iqtisodiyot

Surxondaryo viloyatida 67 korxonada non va non mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy xorij uskunalari bilan jihozlangan korxonalarda tayyorlanayotgan mahsulotlar arzon hamda sifatliligi bilan iste’molchilarga manzur bo‘layotir.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining plenumi

02.10.07 21:43 | Siyosat

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining Toshkentda 2 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan plenumida ushbu partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtiroki to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Unda mazkur partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlari, partiya faollari ishtirok etdi.

Fidokorlar MDP Markaziy kengashi majlisi

02.10.07 21:40 | Siyosat

Toshkentda 29 sentabr kuni Fidokorlar milliy demokratik partiyasi Markaziy kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlari, partiya faollari ishtirok etdi.

Adolat tantanasi

02.10.07 21:02 | Siyosat

Yurtboshimiz Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining mamlakatimiz mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida mamlakatimizning bosib o‘tgan mustaqil taraqqiyot yo‘li va oldimizda turgan vazifalarning ma’no-mohiyati ilmiy-tarixiy, mantiqiy va huquqiy jihatdan teran tahlil etildi.

Milliy chempionatda peshqadamlar g‘alaba qildi

02.10.07 20:47 | Sport

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XVI milliy chempionatining oliy ligasining joriy mavsumida ham chempionlik unvonini munosib himoya qilayotgan Toshkentning «Paxtakor» jamoasi navbatdagi turda Sariosiyoda «To‘polang» mehmoni bo‘lib, mezbonlarning jiddiy qarshiligiga duch keldi. Oliy ligadagi o‘rnini saqlab qolish uchun kurashayotgan sariosiyoliklar uchrashuvda poytaxtliklarning deyarli barcha hujumlarini muvaffaqiyatli qaytardi.

Toshkentda Xalqaro biyennale boshlandi

02.10.07 20:45 | Madaniyat

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida 2 oktabr kuni “New: xayol va haqiqat” mavzuidagi IV Xalqaro Toshkent zamonaviy san’at biyennalesi ochildi.

Yuksak texnologiyalar – taraqqiyot xizmatida

02.10.07 20:45 | Jamiyat

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutida mineral xomashyolarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan yuqori texnologiyalarni yaratish va ulardan oqilona foydalanish masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-texnikaviy anjumani ochildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining navbatdagi plenumi

02.10.07 20:43 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining navbatdagi plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Konstitutsiyaviy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston-Polsha biznes-forumi

02.10.07 18:15 | Iqtisodiyot

Toshkentda 2 oktabr kuni O‘zbekiston-Polsha biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning tashqi savdo masalalari uchun mas’ul vazirlik va idoralari, savdo-sanoat kompaniyalari, ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

"Toshkent open" xalqaro tennis turniri davom etmoqda

02.10.07 18:14 | Sport

Toshkent tennis markazida davom etayotgan Xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) tasnifiga kiritilgan “Toshkent open” xalqaro tennis turnirida dunyoning o‘ndan ziyod mamlakatidan kelgan raketka ustalari g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

“Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi – amalda

02.10.07 17:49 | Jamiyat

Samarqand viloyatida “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturiga muvofiq mehribonlik uylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bu yerda tarbiyalanayotgan bolalarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.