O‘zA O`zbek

SO‘NGGI YANGILIKLAR

Endi mahalla raisi(oqsoqoli) uch yilga saylanadi
Endi mahalla raisi(oqsoqoli) uch yilga saylanadi

19.01.19 16:37 | Jamiyat

Erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda mahallaning oʻrni muhim. Taʼkidlash joiz, davlat hokimiyatining oʻttizdan ziyod vakolatiga ega boʻlgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish tuzilmasining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni qanday bajarishi unga rahbarlik qiladigan kadrlarga bogʻliq. Bu borada munosiblarni tanlashning demokratik shakli boʻlgan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi tobora takomillashib borayotir.

Rektor talabalar huzuriga bordi
Rektor talabalar huzuriga bordi

19.01.19 15:33 | Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 11 yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Turizm, taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari Aziz Abduhakimov zimmasiga Samarqandda oʻtgan yil faoliyat boshlagan “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti rektorligini ham yuklagan edi.

Adolatli soliq tizimi – farovonlik garovi
Adolatli soliq tizimi – farovonlik garovi

19.01.19 12:20 | Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida jamiyatimiz, mamlakatimiz oldida turgan muammolar, ularning yechimi toʻgʻrisida oʻz koʻrsatmalarini berib, fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida toʻlashdan manfaatdor boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

Jadal rivojlanayotgan Gujarat
Jadal rivojlanayotgan Gujarat

19.01.19 9:35 | Foto

Gujarat Hindistonning shimoliy-gʻarbiy qismida joylashgan eng katta shtatlaridan biridir. U mamlakatning milliy taraqqiyoti drayveri hamda savdo, biznes va investitsiya sohasida jozibador hududidir. Shtatda 70 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ularning 88,6 foizi hindlar, 9,7 foizi musulmonlardir.

Fotoreportaj
Fotoreportaj

18.01.19 20:12 | Foto

Poytaxtimizdagi Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasida I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat sanʼat muzeyi toʻplamidan saralangan asarlardan iborat “Zamon va makon uzra avangard” mavzusida koʻrgazma tashkil etildi.

A.Abduhakimov: “Talabalarning barchasi chet elda malaka oshirishi, tajriba oʻrganishi uchun imkoniyat yaratamiz”
A.Abduhakimov: “Talabalarning barchasi chet elda malaka oshirishi, tajriba oʻrganishi uchun imkoniyat yaratamiz”

18.01.19 20:07 | Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 11 yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Turizm, taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari Aziz Abduhakimov zimmasiga Samarqandda oʻtgan yil faoliyat boshlagan “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti rektorligini ham yuklagan edi.

Xorijda ishlab qaytgan yoshlar nima bilan band?
Xorijda ishlab qaytgan yoshlar nima bilan band?

18.01.19 19:40 | Jamiyat

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda hududlarda “Yoshlar – munosib mehnat va tashabbuskorlik” mavzuida xorijda ishlab qaytgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

“Opa” badiiy filmi taqdimoti boshlanmoqda
“Opa” badiiy filmi taqdimoti boshlanmoqda

18.01.19 18:27 | Madaniyat

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy har qachongidan-da gavjum. Ayni paytda “Oʻzbekkino” milliy agentligi buyurtmasi asosida suratga olingan “Opa” badiiy filmi taqdimoti boshlanish arafasida. Zalga birin-ketin kino ixlosmandlari kirib kelmoqda.Badiiy film ijodkorlari bugun kinoshunoslar, aktyorlar va ashaddiy tomoshabinlar imtihonidan oʻtadi. Shundanmi, barcha qattiq hayajonda.

Yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori
Yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori

18.01.19 18:24 | Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoni mazmun-mohiyatiga koʻra, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda qonun ustuvorligi taʼminlanishiga, adolat qaror topishiga, inson manfaatlari ulugʻlanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Yot gʻoyalarni targʻib qilgan shaxs qamoqdan ozod qilindi
Yot gʻoyalarni targʻib qilgan shaxs qamoqdan ozod qilindi

18.01.19 18:17 | Jamiyat

Fargʻonada ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik oqim gʻoyalarini targʻib qilish bilan shugʻullanib qamalgan shaxs fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman kengashining kafilligi bilan qamoqdan ozod etildi.