Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

SO‘NGGI YANGILIKLAR

Terim uyushqoqlik bilan o‘tkaziladi

13.09.07 9:35 | Iqtisodiyot

Xorazm viloyatida paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib-terib olishga doir chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Viloyat hokimligi tomonidan mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni uyushqoqlik bilan o‘tkazish, shuningdek, tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishini ta’minlash maqsadida ishchi guruhi tashkil etildi.

Mavsumga taraddud qizg‘in

13.09.07 8:17 | Iqtisodiyot

Surxondaryo viloyatida joriy yilda 7200 dan ortiq fermer xo‘jaligi 123 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarishlab, mo‘l hosil yetishtirdi.

Sug‘urta bozori: islohot berayotgan samara

12.09.07 21:29 | Iqtisodiyot

Davlatimiz rahbarining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur institutning haqiqiy ma’noda hayot bilan hamnafas bo‘lishi uchun keng zamin yaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat sug‘urta nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Olimjon Ikromov bilan O‘zA muxbirining suhbati shu haqda bo‘ldi.

Aziz Haydarov – eng sara futbolchilar safida

12.09.07 19:15 | Sport

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) “Osiyoning eng yaxshi futbolchisi” tanlovida ishtirok etadigan qit’amizning eng kuchli o‘ttiz uch nafar futbolchisi nomini e’lon qildi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi

12.09.07 18:56 | Texnologiyalar

Toshkentda 24-28 sentabr kunlari O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida muhim voqea – InfoCom 2007 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tadi. AKT sohasini takomillashtirishga qaratilgan qator tadbirlarni o‘z ichiga olgan ushbu haftalik mutaxassislar hamda ko‘p sonli axborot resurslaridan foydalanuvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Jahon bozorida o‘zbek paxtasiga talab oshmoqda

12.09.07 18:55 | Iqtisodiyot

“O‘zpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Viktor Dyachkovning aytishicha, mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida paxta tayyorlash va qayta ishlash tizimining takomillashtirilishi eksport qilinayotgan tola sifatini oshirish imkonini bermoqda.

Mahalla institutiga e’tibor

12.09.07 18:53 | Jamiyat

Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan tashkil etilgan tadbirda respublikadagi oliy o‘quv yurtlari rahbarlari, yirik korxona va tashkilotlar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari ishtirok etdi.

Yer resurslari muhofazasiga e’tibor

12.09.07 18:19 | Jamiyat

Poytaxtimizdagi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutida yer resurslaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Toshkentdan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga salomatlik poyezdlari jo‘nab ketdi

12.09.07 12:43 | Jamiyat

Toshkentdan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga ikkita salomatlik poyezdi jo‘nab ketdi. Ular “Ekosan” ekologiya va salomatlik xalqaro tashkiloti tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksionerlik kompaniyasi bilan hamkorlikda shakllantirildi. Qashqadaryo viloyatiga jo‘natilgan salomatlik poyezdini shakllantirishda esa Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ham ishtirok etdi.

Ombudsmanning sud va ijro organlari bilan hamkorligi bo‘yicha xalqaro konferensiya boshlandi

11.09.07 19:58 | Siyosat

Toshkentda “Ombudsmanning sud va ijro organlari bilan o‘zaro hamkorligi: tajriba va muammolar” mavzuidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan milliy hamkorlar bilan birgalikda va YEXHTning mamlakatimizdagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi ko‘magida tashkil etildi.

Yangi davr kadrlarini tayyorlashga e’tibor

11.09.07 15:49 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida “O‘zbekiston mustaqillik yillarida: yangi davr kadrlarini tayyorlash” mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy seminarida davlatimiz rahbari ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama etildi.

E’tibor va mehr – bolalarga

11.09.07 15:21 | Jamiyat

Samarqand viloyatida “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi doirasida Mehribonlik, Saxovat va Muruvvat uylari, maxsus maktab-internatlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“So‘g‘diyona”: maqsad – oily ligaga chiqish

11.09.07 15:16 | Sport

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XVI milliy chempionatining birinchi ligasida o‘tkazilgan 27 turda musobaqa peshqadami – Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi o‘z maydonida “Kattaqo‘rg‘on-Dinamo” (Kattaqo‘rg‘on) futbolchilarini qabul qildi.

Jizzax viloyatida ishlab chiqarilgan paxta tolasi chet elga eksport qilinmoqda

11.09.07 12:40 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyunda qabul qilingan “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan “Paxtakor tola bazasi” hududiy terminali tarmoqdagi yirik eksportchilardan biri hisoblanadi.

Nukusda havaskor sportchilar orasida marafon o‘tdi

11.09.07 12:07 | Sport

Nukus shahrida 100 ga yaqin havaskor sportchi ishtirokida o‘tgan marafon musobaqalari yakunlandi. Sportning yengil atletika turini yanada ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada erkaklar 12, ayollar 6 kilometr masofaga yugurish bo‘yicha bellashdi.

Abdulla Qahhorning “Tobutdan tovushi” yana sahnada

11.09.07 12:03 | Madaniyat

Abdulla Qahhor nomidagi Respublika satira teatri jamoasi adib yubileyi munosabati bilan “Tobutdan tovush” komediyasini qayta sahnalashtirdi. Komediyani rejissor Munavvara Abdullayeva sahnaga qo‘ydi. Sahna bezaklarini rassom Aleksandr Batikov ishlagan. Asosiy rollarni Ahror Sharipov, Dilafro‘z Mameshova, Bobur Yoqubov, Nargiza Eltoyeva singari aktyorlar ijro etmoqdalar.

Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari

10.09.07 21:12 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari: nodavlat notijorat tashkilotlarning ahamiyati va roli” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.