Кeyingi bir yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ta’lim-tarbiya sohasiga oid 74 farmoni, qaror va farmoyishi qabul qilingani bejiz emas.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha xodimlariga yo‘llagan tabrigida O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar muvaffaqiyati, mamlakatimizning rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi, avvalo, ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining rivoji bilan bog‘liq ekani alohida ta’kidlandi.

Shu nuqtai nazardan, keyingi bir yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ta’lim-tarbiya sohasiga oid 74 farmoni, qaror va farmoyishi qabul qilingani bejiz emas. Maqsad farzandlarimizning zamon talablari darajasida, xalqaro andozalarga mos ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashiga erishish hamda yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash orqali mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlashdir.

Prezidentimizning 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham ushbu sohadagi islohotlarni amalga oshirishning muhim huquqiy asoslaridan biri bo‘ldi. Mazkur qaror oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Qarorda belgilangan vazifalarning samarali yechimini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash choralari ko‘rilmoqda. Oliy ta’lim tizimini 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturda har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, chora-tadbirlar belgilab berildi.

Jumladan, 2017-2021 yillarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘quv-laboratoriya bazasini modernizatsiya qilishga 7 milliard 561 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi. Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish uchun 208 kompyuter, 185 proyektor va 350 dan ortiq boshqa texnik uskunalar olinadi. Buning uchun 1 milliard 910 million so‘m yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Bakalavriat o‘quv rejasi tuzilmasi va ularning mazmuni ham takomillashtiriladi. Masalan, o‘quv rejasida maxsus fanlar bloki soatlari hajmini 15-20 foizga oshirish, ya’ni amaldagi 906 soat o‘rniga 1254 soat etib belgilash, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki soatlari hajmini esa 5-10 foizga kamaytirish, bilim sohalari doirasida matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokidagi fanlarni zaruratga qarab unifikatsiya qilish belgilangan.

Magistraturada ta’lim va ilmiy-metodik jarayonni tashkil etishda ham muayyan o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan. Amaldagi tizimda magistrantlarga 2 yil davomida 15 fan o‘qitilgan bo‘lsa, yangi tizimda bu fanlar soni 9 tani tashkil etib, ularning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga ko‘proq sharoit yaratiladi. Ya’ni magistrantlarning 1-kursdagi ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish vaqti 70 foizga, 2-kursda esa 80 foizga oshadi.

Dasturni amalga oshirish davrida institutda bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlari ham bosqichma-bosqich oshiriladi. 6 yangi bakalavriat yo‘nalishi va 8 magistratura mutaxassisligi ochiladi. Buning natijasida 2021 yilga borib institutda talabalar soni hozirgidan 1200 nafarga ko‘payib, 6100 nafardan oshadi.

Qaror talablaridan kelib chiqib, pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish, stajirovkasi hamda bitiruvchilarning PhD va magistraturada o‘qitish bo‘yicha 5 yil davomida 111 nafar professor-o‘qituvchining xorijda ta’lim olishi rejalashtirilgan.

Professor-o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha rektor jamg‘armasini tashkil etish va uning hisobidan pedagogning o‘quv jarayoniga hissasi va kasb mahorati, ishidagi sifat ko‘rsatkichlari va tarbiya jarayonidagi samarali mehnatiga qarab oylik maoshining 40 foizigacha ustama berish ko‘zda tutilgan.

Institut binolari va talabalar turar joylarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 2018 yilda 580 o‘rinli ikkita talabalar turar joyi binosini, 2018-2019 yillarda bosh o‘quv binosini kapital ta’mirlash rejalashtirilgan. Shuningdek, 2019-2021 yillarda qurilish, qurilishni boshqarish, arxitektura fakultetlarining o‘quv binolari ham ta’mirlanib, zamonaviy sharoitlar yaratiladi. Qurilish-ta’mirlash ishlari uchun 39 milliard 174 million so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilishi ham vazifalar ko‘lami va salmog‘i nechog‘li yuqori ekanidan dalolat beradi.

Davlatimiz tomonidan oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor, albatta, sohada mehnat qilayotgan har bir professor-o‘qituvchi, xodim mas’uliyatini oshirib, zimmasidagi burchni sidqidildan ado etishga, islohotlar jarayonida faol qatnashishga undaydi. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti jamoasi bugun ana shunday istak bilan mehnat qilmoqda.

Sulton Ahmedov,
Samarqand davlat arxitektura-qurilish
instituti rektori.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy ta’lim tizimi taraqqiyotga xizmat qiladi