Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.02.2017 16:20 Chop etish versiyasi

Yoshlarni turli tahdidlardan asraylik

Uchtepa milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish orqali ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, salbiy axborotlardan himoyalash masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda yoshlarni turli ekstremistik, terroristik, missionerlik oqimlari, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularda bunday illatlarga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

– Bunday tadbirlar mamlakatimizning barcha oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlarida  o‘tkazilmoqda, – deydi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi sektor mudiri U.Bektemirov. – Maqsadimiz, ona Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, ezgu g‘oyalar va yaratuvchanlik ruhi bilan yoshlarni bir maqsad atrofida jamlash, qalbida yurt taqdiriga daxldorlik hissini oshirishdan iboratdir.

Davra suhbatida kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarda yoshlarni yot illatlardan asrash borasida olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish yuzasidan taklif-mulohazalar bildirildi.

Azima Qiyosova, O‘zA
791






Все о погоде - Pogoda.uz