Farg‘onada o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘rtasida “Odam savdosi – asr muammosi” shiori ostida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

Farg‘onada o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘rtasida “Odam savdosi – asr muammosi” shiori ostida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat idoralararo komissiyasi, viloyat prokuraturasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tanlovda hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan to‘rt jamoa ishtirok etdi.

Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, aholi, ayniqsa, yoshlarni turli tahdid va illatlardan, xususan, odam savdosidan asrashga doimiy e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasining "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni va Birinchi Prezidentimizning 2008-yil 8-iyuldagi “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Odam savdosi hudud-chegara bilmaydigan global muammodir. Mamlakatimizda fuqarolarning ushbu jinoyat qurboniga aylanib qolishining oldini olish, undan jabr ko‘rganlarni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat organlari, fuqarolar yig‘inlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining muvofiqlashgan faoliyati bu borada yaxshi samara bermoqda. Masalaga keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, uning mudhish oqibatlaridan yoshlarni ogoh etish maqsadida turli davra suhbatlari, targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

–O‘z huquqini bilgan inson hech qachon adashmaydi, jamiyatda o‘z o‘rnini topadi, – deydi viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i O‘ktamjon Abdurasulov. – Bugungi kunda yoshlarimiz o‘rtasida turli jinoyatlarning oldini olish, xususan, odam savdosiga qarshi kurashish barchamizning muhim vazifamizdir. Uch bosqichda o‘tkazilgan mazkur ko‘rik-tanlov ham yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamoalar chiqishlarida odam savdosining mudhish oqibatlarini ochib berdi. Tanlovda Marg‘ilon pedagogika kollejining “Kelajak” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar odam savdosiga qarshi