Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida yosh avlod hayoti, kelajagi bilan bog‘liq dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim sifati, bitiruvchilar ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani ta’kidlandi.

“Yurtimizda ishsizlarning aksariyat qismini kollej bitiruvchilari tashkil etmoqda. Masalan, 2016-yili 477 ming 743 nafar yosh yigit-qiz kollejlarni bitirib chiqqan va ularning 438 ming 503 nafari yoki 91,8 foizi ish bilan ta’minlangani to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

Savol tug‘iladi: bu raqamlar qanchalik to‘g‘ri? Agar barcha kollej bitiruvchilari ishga joylashayotgan bo‘lsa, ishsiz yoshlar qayerdan paydo bo‘lyapti?”, dedi davlatimiz rahbari.

Mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun barcha sharoit yaratilgan. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejidan iborat 12-yillik uzluksiz ta’lim yo‘lga qo‘yilgan. Ammo keyingi yillarda kollejlarni bitirayotgan yoshlarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirishda bir qator kamchiliklar kuzatilayotir. Buning asosiy sababi kollejlardagi kasb-hunar yo‘nalishlarining hudud ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlariga mos emasligi bilan bog‘liq.

Birgina misol. Andijon viloyatining Xonobod shahri so‘lim tabiati, sayyohlik, sanoat va ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan mashhur. “Andijon kabel” zavodi, “O‘zKoji” qo‘shma korxonasi, tekstil-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 4 korxona faoliyat yuritmoqda. Shunga qaramasdan, shaharda mavjud to‘rt kasb-hunar kollejida farmatsevtika, turizm yoki yengil sanoat sohasi bo‘yicha ixtisosliklar tashkil etilmagan. Aksincha, Xonobod pedagogika ijtimoiy-iqtisodiyot kollejida maqsadsiz qabullar amalga oshirilgan. Oqibatda 2016-2017 o‘quv yilida ta’lim maskanini tamomlagan 142 bitiruvchidan 28 nafari ishga joylashgan, xolos.

Bu kabi holatni boshqa pedagogika yoki tibbiyot kollejlari misolida ham kuzatish mumkin.

– Mamlakatimizda 78 tibbiyot kolleji bor, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Fan va o‘quv yurtlari bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Hikmatilla Shukurov. – Mazkur kollejlarga qabul uchun kvota belgilashda bir qancha omillar orasida fuqarolarning taklif-istaklari ustunlik qilayotir. Masalan, umumta’lim maktabini tamomlayotgan aksariyat qizlar tibbiyot kollejida tahsil olishni ma’qul ko‘radi. 2017-2018 o‘quv yili uchun qabul kvotasi 27 ming 510 etib belgilangan bir paytda, tibbiyot kollejiga hujjat topshirganlar soni 81 ming nafarni (10-iyul holatiga ko‘ra) tashkil etmoqda. O‘z navbatida, fuqarolar murojaatlarida qabul kvotasini yana oshirishni so‘rashmoqda. Bu kelgusida kollej bitiruvchilarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirishda qiyinchilik tug‘dirishi tabiiy-da!

Ma’lumotlarga qaraganda, joriy yilda tibbiyot kollejlarini tamomlagan 96 foiz bitiruvchining bandligi ta’minlangan bo‘lsa-da, ularning 41 foizi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashgan.

Mehnat munosabatidagi muvozanat, kadrlar taqsimotidagi mutanosiblik mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy sektorini malakali kadrlar bilan ta’minlash, yuqori ishlab chiqarish samaradorligiga erishish, barqaror rivojlanish va aholi turmush darajasini oshirish imkonini beradi. Bu, avvalo, bugunning harakatlantiruvchi kuchi – yoshlar bandligiga erishish, real talab va taklif asosida ish o‘rinlari yaratishni taqozo etadi.

Prezidentimizning 2017-yil 2-maydagi “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarori iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarning ishchi kuchi va kasb ixtisosliklariga bo‘lgan real talabini inobatga olgan holda, 9-sinf bitiruvchilarini aniq kasb va ixtisoslik bo‘yicha o‘qishga qabul qilishni nazarda tutishi bilan ahamiyatli.

– Qarorga muvofiq, mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni tanqidiy tahlil qilish asosida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari qayta ixtisoslashtirilmoqda, – deydi Surxondaryo viloyati o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Shodmon Bozorov. – Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish asosida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari qayta tahlil qilindi. Natijada 29 kasb-hunar kollejida 27 kasb bo‘yicha kadrlar tayyorlash to‘xtatildi, 62 kasb-hunar kollejida 47 mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, investitsiya loyihalari ijrosining borishi bilan yaqindan tanishar ekan, birinchi galda yoshlarni ish bilan ta’minlash, bu borada yangi imkoniyatlar yaratish, ular o‘rtasida tadbirkorlikni keng rivojlantirish masalalariga lohida e’tibor bermoqda. Bu joylarda maqsadli, ayni paytda, sanoatning yangi va istiqbolli yo‘nalishlarini tashkil etish orqali yoshlar bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Poytaxtimizning Uchtepa milliy hunarmandlik kasb-hunar kollejida yog‘och o‘ymakorligi ustasi, badiiy milliy liboslar modelyeri, kashta bo‘yicha usta, oshpaz, zargarlik bo‘yicha usta yo‘nalishida 580 dan ziyod yosh tahsil oladi. Tumandagi ishlab chiqarish korxonalari, servis va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari o‘quvchilar uchun amaliyot o‘tash, kasb mahoratini oshirish va mustahkamlash imkonini berayotir. Biroq bugungi kunda yurtimizda zargarlik sohasi sanoat miqyosida emas, balki an’anaviy hunarmandlik sifatida rivojlanmoqda. Bu kollejda zargarlik yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlarning amaliyot o‘tashi va ishga joylashishida birmuncha qiyinchiliklar tug‘dirayotgan edi.

– Davlatimiz rahbarining Chilonzor tumaniga tashrifi davomida 20 dan ortiq iqtisodiy loyihalar taqdimoti o‘tkazildi, — deydi Uchtepa milliy hunarmandlik kasb-hunar kolleji direktori Hasan Yo‘ldoshev. – Qiymati 10 milliard so‘m bo‘lgan “1-Zargarlik korxonasi” loyihasi ulardan biri. Yiliga 13 milliard so‘mlik zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega korxonada 100 ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Bu kollejimizda tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish va qulay ish o‘rni kafolatidir.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda 11-yillik ta’lim yo‘lga qo‘yilayotgani sohadagi ulkan yangilik bo‘ldi. Bu tashabbusni yoshlar, ota-onalar, butun jamoatchiligimiz keng qo‘llab-quvvatlamoqda. Endi yoshlar o‘qishni qayerda davom ettirishni o‘zi tanlaydi. Bu ularning davomati, fanlarni o‘zlashtirishida muhim rol o‘ynaydi. O‘zlari xohlagan mutaxassislikni egallagan yoshlar ishini, hayotda o‘z o‘rnini topadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar kelajagini o‘zi belgilaydi