"Yilning eng yaxshi to‘garak rahbari" tanlovidan ko‘zlangan maqsad "Barkamol avlod" bolalar markazlarida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, samarali natijalarga erishgan pedagoglarning ish tajribasini ommalashtirishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan "Yilning eng yaxshi to‘garak rahbari" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari A.Sa’dullayev va boshqalar mamlakatimizda yosh avlodning huquq va manfaatlarini himoyalash, ularga puxta bilim berish, yuksak ma’naviyat sohibi etib kamolga yetkazish masalasi doimiy e’tiborda ekanini ta’kidladi.

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini unumli va oqilona tashkil etish, ularning iste’dodini kashf qilish, kasblarga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishda "Barkamol avlod" bolalar markazlarining ahamiyati beqiyos. Bugungi kunda ularda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar bolalarning qiziqishini to‘g‘ri yo‘naltirish, ularning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirish, iste’dodini erta aniqlashga faol hissa qo‘shmoqda.

3.jpg

Loyihaning ilk bosqichlarida mamlakatimizdagi barcha "Barkamol avlod" bolalar markazlarining vakillari faol ishtirok etdi. Yakuniy bosqichda qatnashchilarning uslubiy-pedagogik faolligi, to‘garak ishining samaradorligi, amaliy mashg‘ulot, test topshiriqlari, o‘quvchilarni to‘garaklarga tobora ko‘proq jalb etish borasidagi bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

5.jpg

Tanlov yakuniga ko‘ra, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani "Barkamol avlod" bolalar markazining "Munchoqli bezak" to‘garagi rahbari To‘xtajon Yo‘ldosheva birinchi o‘ringa munosib topildi. Jizzax viloyati "Barkamol avlod" bolalar markazining "Karving" to‘garagi rahbari Jamilaxon O‘ktamova ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘ringa Navoiy viloyati Zarafshon shahar "Barkamol avlod" bolalar markazining "Yosh qandolatchi" to‘garagi rahbari Dilnoza Bozorova sazovor bo‘ldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yilning eng yaxshi to‘garak rahbari ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi