O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yangi 2016/2017 o‘quv yili oldidan maktab o‘quv qurollari, darsliklar, kiyim-kechaklar, poyabzallar ko‘rgazmasi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida yoshlar kamoloti va istiqboli yo‘lida ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

Bu jihatlar yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 2016/2017 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan umumta’lim maktablari o‘quvchilarini asosiy turdagi o‘quv qurollari, darsliklar, maktab formasi, kiyim-kechaklar va poyabzallar bilan ta’minlash, ota-onalarga qulayliklar yaratish maqsadida 10-avgustdan 10-sentabrgacha 1 ming 978 maktab yarmarkasi tashkil etiladi.

Ular asosan umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, aholi gavjum bo‘lgan bozorlarda, yirik savdo majmualarida ochilishi ko‘zda tutilgan. Tog‘li hamda cho‘l hududlarda yuzga yaqin ko‘chma avtodo‘konlar xizmat ko‘rsatadi.

Maktab do‘konlarida 26 turdagi zarur o‘quv qurollari va jihozlar sotuvi tashkil etiladi. Bular o‘quv, umumiy, kundalik, rasm, nota daftarlari, ruchka, portfel, ko‘plab maktab anjomlari, qizlar va o‘g‘il bolalar uchun maktab, sport kiyimlari, poyabzal kabilardir.

Maktab yarmarkalarining faoliyatini uyushqoqlik bilan tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida mahalliy hokimliklarda mutasaddi tashkilotlar vakillaridin iborat ishchi guruhlari tuzilgan. Joylarda tashkil etiladigan maktab yarmarkalariga asosiy turdagi mahsulotlarni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati, «O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasi, «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi yetkazib beradi.

– «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibida 360 dan ortiq korxona bo‘lsa, ularning 180 dan ortig‘i maktab formalarini ishlab chiqaradi, – deydi «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati marketing bo‘limi bosh mutaxassisi Mahbuba Sultonova. – Ularda 20 dan ortiq turdagi kiyim-kechak modeli yaratilib, ishlab chiqilmoqda. Yosh avlod uchun o‘quv formalarini yaratishda dizaynerlar, modelyerlar, liboslar texnologi bilan birga shifokorlar, ota-onalarning fikrlaridan xulosa chiqargan holda yondashilmoqda. Maktab kiyimlarini ishlab chiqarishda asosan tabiiy matolarni qo‘llashga, modellarning ixcham, qulay, iqlim hamda sanitariya-gigiyena talablariga mosligiga asosiy e’tibor qaratilayotir.

– Bunday yarmarkalarning turar joylarga yaqin hududlarda, ta’lim maskanlarida tashkil etilayotgani ota-onalar uchun g‘oyat qulaydir, – deydi Shahnoza Ibrohimjonova. – Bu yerda ta’lim jarayoni uchun zarur bo‘lgan barcha anjomlar, maktab, sport formalari, poyabzallarning barcha o‘lchamlarining mavjudligi xaridorlarning zarur mahsulotni tanlab, xarid etishi imkoniyatini yanada kengaytiradi.

Mahalliy hokimliklar Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa nazorat organlari bilan birga maktab yarmarkalarida mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi amaldagi standartlar talablariga javob berishini muntazam nazorat qiladi. Narx-navoning sun’iy tarzda oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi, to‘lov terminallarining uzluksiz ishlashi ta’minlanadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi o‘quv yiliga taraddud