Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.08.2017 17:04 Chop etish versiyasi

Yangi o‘quv yili oldidan Qashqadaryoning tog‘li qishloqlarida ko‘chma avtodo‘kon faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Yangi o‘quv yili oldidan Qashqadaryoning tog‘li qishloqlarida ko‘chma avtodo‘kon faoliyati yo‘lga qo‘yildi Qashqadaryo viloyatida 130 umumta’lim maktabi, bozor va yirik savdo majmularida darslik va zarur o‘quv qurollari, maktab formasi va sport kiyimlari savdosi yo‘lga qo‘yilgan yarmarkalar tashkil etildi.

Viloyatning tog‘li qishloqlari aholisiga qulaylik yaratish maqsadida Dehqonobod, Qamashi, Chiroqchi tumanlari va boshqa hududlarda ko‘chma avtodo‘kon faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

– Maktab bozorlarida 26 turdagi o‘quv anjomlari sotilmoqda, – deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasining maktab yarmarkalari bo‘yicha mas’ul xodimi Sardor Jalilov. – Savdodagi barcha o‘quv qurollarining sifati, dizayni o‘quvchilar yoshi, dunyoqarashi va milliy mentalitetimizga mos bo‘lishi hisobga olingan. O‘quv anjomlari sohaga aloqador mutasaddi tashkilotlar bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida keltirilayotgani narxlar barqarorligini ta’minlamoqda. Barcha o‘quv anjomlarining sanitariya-gigiyena talablariga to‘la javob berishi nazoratga olingan.

Yarmarkalarda savdoga qo‘yilgan o‘quv qurollari asosan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan bo‘lib, sifati va narxi xaridorlarga manzur bo‘lmoqda. Maktab bozorlarida narxning sun’iy oshirilishi oldini olish va barqarorlikni ta’minlash maqsadida mutasaddi tashkilotlar tomonidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
1 709






Все о погоде - Pogoda.uz