Prezidentimizning joriy yil 5-maydagi “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarori asosida Farg‘ona davlat universitetida ham abituriyentlardan hujjat qabul qilish davom etmoqda.

Mamlakatimizda oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, malakali va yetuk mutaxassislar tayyorlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Farg‘ona davlat universiteti ham o‘tgan yillar mobaynida tubdan yangilandi, zamonaviy jihozlangan keng va yorug‘ o‘quv binolari, talabalar turar joylari, xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalari barpo etildi. Multimedia va komputer vositalari bilan jihozlangan auditoriyalar, lingafon va laboratoriya xonalari, zamonaviy axborot-resurs markazi, sport inshootlari talaba-yoshlar ixtiyorida. Jahon andozalariga mos yaratilgan bunday sharoitlar yoshlarda ushbu ta’lim muassasasida ilm olish ishtiyoqini kuchaytirib, malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qilayotir.

– 2017/2018 o‘quv yilida Farg‘ona davlat universitetiga 1 ming 600 talaba qabul qilinishi ko‘zda tutilgan, – deydi qabul komissiyasi mas’ul kotibi A.Qosimov. – Talabalarning 405 nafari davlat granti, 1 ming 195 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Joriy yilda bakalavriatga 32 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul e’lon qilingan. “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari”, “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish”, “Hayotiy faoliyat xavfsizligi”, “Filologiya va tillarni o‘qitish: tojik tili”, “Kasb ta’limi: ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kabi beshta yangi yo‘nalish ochildi.

Universitetda bir qancha ta’lim yo‘nalishlarining qabul kvotalari ham oshirildi. Jumladan, ingliz tili yo‘nalishida 150, o‘zbek tili, jismoniy madaniyat yo‘nalishlari bo‘yicha 120 talaba qabul qilinadi.

– Jismoniy madaniyat yo‘nalishiga hujjat topshirdim, – deydi yozyovonlik Bobur Mamasiddiqov. – Sportchilarimiz erishayotgan yutuqlardan, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng sharoit va imkoniyatlardan ruhlanib, Vatanimiz bayrog‘ini jahon maydonlarida yuksaklarga ko‘tarishga ahd qildim.

– Bolaligimdan xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqaman, – deydi Farg‘ona politexnika instituti qoshidagi 3-akademik litsey bitiruvchisi Zarifa Hoshimova. – Turli chet tillarida ravon so‘zlashayotgan yoshlarga havas qilaman. Mana shu orzuimni amalga oshirish, o‘z ustimda ko‘proq ishlash maqsadida universitetning xorijiy filologiya fakultetiga hujjat topshirdim.

Qabul jarayoni tez va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash, abituriyentlarning hujjat topshirish jarayonida navbat kutib qolish hollarining oldini olish maqsadida barcha chora-tadbirlar ko‘rildi, ota-onalarga kutish joylari tashkil etildi. Savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, tibbiyot xonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ta’lim yo‘nalishlariga oid ma’lumotlar oynasi, qabul komissiyasi faoliyati, fakultetlar hayotidan hikoya qiluvchi ko‘rgazmali vositalar o‘rnatildi.

Universitetda abituriyentlarning test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishi va ushbu jarayon bilan bog‘liq bilim-ko‘nikmalarini oshirish maqsadida mashg‘ulotlar, konsultatsiyalar o‘tkazish jadvallari ishlab chiqilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universitetda o‘qish orzusi bilan