Turkmanistonlik o‘zbek qizi qotiliga aylangan hujjat
Ukrainada o‘z joniga qasd qilgan turkmanistonlik talaba ta’lim olgan oliy o‘quv dargohi rahbariyatiga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Ukrainada o‘z joniga qasd qilgan turkmanistonlik talaba ta’lim olgan oliy o‘quv dargohi rahbariyatiga nisbatan jinoiy ish ochildi.Kiyev prokuraturasi Bogomols nomli milliy Tibbiyot universiteti talabasi bo‘lmish 19 yoshli turkmanistonlik o‘zbek qizi Muqaddas Nasirlayevaning o‘z joniga qasd qilish fakti bo‘yicha jinoiy ish ochdi.
Qiz oilasining advokati bergan ma’lumotga ko‘ra, vaqtincha yashash muddatini uzaytirish borasida ariza berish oliy o‘quv yurti tomonidan rad etilgach, talaba Kiyevdagi ko‘prikdan o‘zini daryoga tashlagan. Uning aytishicha, xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘yicha dekanat o‘z vaqtida, vaqtincha yashash uchun Muqaddasning hujjatlarini migratsiya xizmatiga topshirmagan.
Prokuratura, qiz 30-yanvar kuni Kiyevdagi Paton ko‘prigidan o‘zini tashlab joniga qasd qilganini tasdiqladi.
Talaba qiz tengdoshlarining aytishicha, u universitetga 2017-yilda o‘qishga kirgan va buning uchun 7 sinfdan tayyorgarlik ko‘rgan, u stomatolog bo‘lishni orzu qilardi. Ular qizni “maqsadga intiluvchi aqlli va quvnoq” sifatida ta’riflashdi: u ingliz tili guruhida o‘qirdi va guruh rahbari edi. Ularning ta’kidlashlaricha, Muqaddas va xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Tatyana Timoxina o‘rtasida muammo kelib chiqqan.
"Muqaddasning ota-onalari vaqtinchalik yashash borasidagi muammo to‘g‘risida bilishardi. UningUkrainadan chiqib ketishini, yangi viza bilan qaytadan borishini, akademta’til olib bir yildan keyin o‘qishni davom etirishini aytishgan edi. Turkmanistonning Ukrainadagi elchixonasi muammoni Muqaddasning Ukrainadan chiqib ketmasligi bilan uning mamlakatda bo‘lish muddati rejimini buzgani uchun jarima to‘lashi maqsadida universitetdan maktub lozimligini aytishgan. Buni hal qilish borasida taklif bilan chiqishgan. Biroq dekanat buning uchun hech narsa qilmadi", – deya xabar berdi Muqaddasning tanishlari.
Universitetda talabaning migratsiya qonunchiligi bilan muammosi bo‘lganini tasdiqlashdi. Uning viza muddati 2017-yil 17-dekabrda tugagan edi. Shu sababli ham u talabalar safidan chiqarilgan.