Navoiy davlat konchilik institutida 2017/2018 o‘quv yilida bakalavr bosqichiga 12 yo‘nalish bo‘yicha 1 ming 115, magistratura bosqichiga 8 yo‘nalish bo‘yicha 59 abituriyentni o‘qishga qabul qilish rejalashtirilgan.

Prezidentimizning joriy yil 5-maydagi “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, joriy yildan mazkur institutda ham maxsus sirtqi bo‘lim tashkil etilib, bakalavr bosqichiga 90 talaba to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Ayni paytda institutda abituriyentlardan hujjat qabul qilish davom etayotir.

– Viloyat sanoati jadal rivojlanayotgani barobarida malakali kadrlarga ehtiyoj ham ortib bormoqda, – deydi Navoiy davlat konchilik instituti qabul komissiyasi mas’ul kotibi Sh.Boboyev. – Asosan konchilik sohasi uchun yetuk mutaxassislar tayyorlab beradigan ta’lim maskanimizda yoshlarning zamonaviy bilim olishi uchun barcha sharoit mavjud. Abituriyentlarga qulayliklar yaratish maqsadida qabul komissiyasi tomonidan talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati, o‘quv yo‘nalishlari va fakultetlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks etgan maxsus burchaklar tashkil etilgan. Komissiya huzuridagi maslahat guruhlari qabul tartibi bo‘yicha zarur tushunchalar berib boradi.

Navoiy davlat konchilik institutining 2 ming o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi 19 gektar maydonni egallagan. 2016-yilning uchinchi choragida ish boshlagan yangi o‘quv binosi fizika, elektroenergetika va avtomatik boshqaruv bo‘yicha 270 ming dollarlik laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan.

Ayni paytda institutning konchilik, energo-mexanika, kimyo-metallurgiya, Olmaliq kon-metallurgiya (Olmaliq shahrida) va Zarafshon umumtexnika (Zarafshon shahrida) fakultetlari mavjud bo‘lib, ular tarkibida 21 kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida faoliyat boshlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘limi Navoiy hududini texnologik va ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqotlar olib borishga ixtisoslashgan bo‘lib, uning tarkibida 5 ilmiy laboratoriya faoliyat yuritadi.

Joriy yilning uchinchi choragida ish boshlaydigan ilmiy markaz fan va ta’lim integratsiyasi rivojiga, Navoiy davlat konchilik instituti negizida bakalavr va magistrlar hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlashga hissa qo‘shadi.

2017-2018 o‘quv yilidan ochilgan maxsus sirtqi bo‘lim korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan yoshlarning ishlab chiqarishdan ajralmagan holda bilim olishini ta’minlashga, o‘rta maxsus ma’lumotga ega yosh mutaxassislarni ta’limning keyingi bosqichiga jalb etish, malakali va yetuk kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Sirtqi bo‘limga tegishli yoki turdosh ta’lim yo‘nalishiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, ishlab turgan korxona yoki tashkilot rahbarining tavsiyanomasi berilgan kadrlar qabul qilinadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirtqi bo‘limda kimlar o‘qishi mumkin?