Sirdaryo viloyati hokimi Toshkentda tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashdi
Sirdaryo viloyatida yosh, fidoyi, izlanuvchan, iqtidorli va malakali kadrlarga ehtiyoj katta. Tahlillarga ko‘ra, birgina tibbiyot tizimida 400 ga yaqin tor soha mutaxassisi yetishmaydi.
Sirdaryo viloyatida yosh, fidoyi, izlanuvchan, iqtidorli va malakali kadrlarga ehtiyoj katta. Tahlillarga ko‘ra, birgina tibbiyot tizimida 400 ga yaqin tor soha mutaxassisi yetishmaydi.Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev poytaxtimizda tahsil olayotgan sirdaryolik yoshlar, turli yo‘nalishda ilmiy faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi.
Tadbirda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov, sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlarga qaratilayotgan yuksak g‘amxo‘rlik bugun o‘z samarasini berayotgani, yosh kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga viloyatlarda, olis tuman va qishloqlarda ham munosib shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Mehnatkash xalqimiz uchun bu yil o‘zgacha fayzli bo‘ldi. Davlatimiz rahbari rahnamoligida “Hamma narsa inson manfaatlari uchun” degan ezgu maqsad bilan xalqimiz turmushi farovonligini oshirish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda.
Viloyat hokimi yoshlarga Sirdaryoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar jarayoni haqida so‘zlab berdi.
– Bugun Sirdaryo viloyatida obodonlik, bunyodkorlik ishlari avjida. Aholi turmush darajasini yuksaltirish yo‘lida barcha imkoniyatlarimizni ishga solganmiz, – dedi G‘.Mirzayev. – Bu kabi ishlarni yanada shijoat bilan bajarishimizda siz kabi bilimdon, fidoyi yoshlarga tayanamiz.
Tadbirda viloyatda yosh kadrlarni ish bilan ta’minlash, ularga munosib sharoitlar yaratib berish yo‘nalishidagi ishlar haqida ma’lumot berildi. Yoshlarni uy-joy bilan ta’minlash, mehnatini munosib rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar katta qiziqish uyg‘otdi. Shu maqsadda Guliston shahridagi “Buyuk kelajak” mavzeida 68 ta ko‘p qavatli uy qurilmoqda. Bu uylarda yosh mutaxassislarga xonadonlar ajratilishi rejalashtirilgan.
– Sirdaryoning Boyovut tumanida voyaga yetdim. Bolaligimdan shifokor bo‘lishga qiziqaman. Hozir Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash fakultetining oltinchi kurs talabasiman, – deydi Kamola Turdimurodova. – Yurtimizdagi farovonlik, yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor bizga yanada g‘ayrat, kuch-quvvat bag‘ishlamoqda. Diplom olgach, Sirdaryoga borib, xalqimiz sog‘lig‘i yo‘lida astoydil mehnat qilishga tayyorgarlik ko‘rayapman.
Uchrashuv samimiy ruhda o‘tdi. Taniqli xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada fayz, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.