Toshkent tibbiyot akademiyasida davolash ishi, tibbiy pedagogika, tibbiy profilaktika, oliy ma’lumotli hamshira kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Toshkent tibbiyot akademiyasida davolash ishi, tibbiy pedagogika, tibbiy profilaktika, oliy ma’lumotli hamshira kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Bu yil oliy ta’lim muassasasini 549 talaba tamomladi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda bitiruvchilarga mutaxassislik diplomlari topshirildi.

Ota-onalar, sohada ko‘p yillar samarali mehnat qilgan faxriy tibbiyot xodimlari, professor-o‘qituvchilar taklif etilgan tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori L.To‘ychiyev va boshqalar yangi kadrlarning kelgusidagi faoliyatiga oq yo‘l tilab, aholi salomatligini muhofaza qilish va asrashda bor kuch va bilimlarini ayamaslik lozimligini ta’kidladi.

– Shifokor bo‘lish uchun sohaga oid bilim va ko‘nikmalarni egallashning o‘zi kifoya emas, – deydi akademiya bitiruvchisi X.Abduhalimova. – Kasbga sadoqat, odamlar dardiga befarq bo‘lmaslik, har qanday vaziyat va holatda ham bemorga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish, davolash asosiy vazifamizdir.

Oliy ma’lumotli tibbiyot xodimi diplomiga ega bo‘lgan yigit-qizlar o‘z ish faoliyatini qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, davolash profilaktika muassasalari, tez tibbiy yordam tizimi, tibbiyot birlashmalari, tibbiyot kollejlari, tuman, shahar, viloyat va respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi ilmiy markazlari va filiallari, OITSga qarshi kurash markazlari, tibbiy sanitariya qismlarida boshlaydi.

Ayni vaqtda Toshkent tibbiyot akademiyasida 2017-2018 o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjat qabul qilish ishlari davom etmoqda. O‘tgan yillardan farqli ravishda, ushbu o‘quv yilidan boshlab viloyatlardan maqsadli qabul kvotalari asosida hujjatlar qabul qilinmoqda. Bu ma’lum bir hududlardagi mutaxassis kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etadi. Akademiya uchun ajratilgan 450 kvotadan 203 tasi maqsadli qabulga yo‘naltirilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifokorlarga diplomlar topshirildi