Maʼlumki, hozirda Rossiya Federatsiyasida 25 ming nafarga yaqin oʻzbekistonlik oʻgʻil-qiz taʼlim olmoqdalar va har yili ular soni oʻrtacha 7500 nafarga oshib bormoqda.

Bundan ikki oy muqaddam Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Rossiya FederatsiyasiBosh ekspertiza markazi oʻrtasida muzokaralar olib borilib, oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolangan edi. Bunda Oʻzbekiston va Rossiya davlatlari oʻrtasida nostrifikatsiya jarayonlarida mavjud elektron maʼlumotlar bazalardan foydalanishga kelishib olindi. Bu esa, oʻz navbatida, mutaxassislar malakasini oshirish, seminarlar oʻtkazish va Rossiya Federatsiyasida tahsil olishni xohlagan yoshlarga keng imkoniyatlar yaratadi.

Ushbu jarayonni yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilning 19 fevral kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.Toshkenboyev va Fan va taʼlim sohasini nazorat qilish federal xizmati huzuridagi Bosh ekspertiza markazining bosh tahlilchisi Vera Skorobagatova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Rossiyada tahsil olishni xohlayotgan yoshlarga imkoniyatlar yaratish hamda ushbu imkoniyatlarni ularga tushintirish, qiziqtirgan savollariga javob berish maqsadida mamlakatimiz yoshlari bilan joriy yilning 20 fevral kuni “Poytaxt” biznes markazida uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.

Shu oʻrinda, Rossiyada tahsil olishni xohlagan barcha yoshlarni 20 fevral kuni soat 10.00da“Poytaxt biznes markazi”da kutib qolamiz.Rossiya Federatsiyasi Fan va taʼlim sohasini nazorat qilish federal xizmati huzuridagi Bosh ekspertiza markazining bosh tahlilchisi Vera Skorobagatova va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Horijiy hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash boʻlimi mutaxassislari yoshlarimizni qiziqtirgan barcha savollarga javob beradi.

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi Fan va taʼlim sohasini nazorat qilish federal xizmati mutaxassislari bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasi hukumati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida“Taʼlim hujjatlarini, malakaviy va ilmiy darajalarni oʻzaro tan olish boʻyicha hukumatlararo Bitim” loyihasini ishlab chiqilib, ikki davlat Hukumatlariga taqdim qilingan. Ushbu bitimning imzolanishi ikki davlat oʻrtasida taʼlim hujjatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinishi, yoshlarni bilim olishlaridagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish (Rossiyada xujjatlarni nostrifikatsiya qilish 45 kungacha vaqtni oladi) va ularning har yili taxminan 800 000 AQSH dollari miqdordagi mablagʻlarini tejashni taʼminlaydi.

Ushbu muzokaralarning olib borilishi ikki davlat yoshlarining mobilligini rivojlantirishda, ularga taʼlim olishlari uchun munosib sharoit yaratish, taʼlim hujjatlarini oʻzaro tan olish tizimini yanada soddalashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, taʼlim muassasalarini akkreditatsiyasi boʻyicha tajriba almashilib, akkreditatsiya jarayoniga ekspertlarni tanlab olish va jalb etishda Rossiya tajribasidan foydalanish, ikki mamlakat oʻrtasida ekspertlarni oʻzaro almashish orqali akkreditatsiya jarayonlarini birgalikda oʻtkazish hamda qoʻshma akkreditatsiyalangan oliy taʼlim muassasalari filiallari va qoʻshma dasturlarini toʻgʻridan-toʻgʻri tan olish amaliyotini yoʻlga qoʻyishda muhimdir.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyada taʼlim olgan oʻzbekistonliklarning hujjatlari toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi