Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.08.2017 16:54 Chop etish versiyasi

Ota-onalarga qulaylik

Ota-onalarga qulaylik Yangi o‘quv yili arafasida Navoiy viloyati tuman va shaharlarida tashkil etilgan maktab yarmarkalari yanada gavjum.

Viloyatning chekka hududlarida maxsus yarmarkalar o‘tkazilayotgani o‘quvchi va ota-onalarga arzon va sifatli o‘quv qurollari xarid qilish imkoniyatini yaratmoqda. Markaziy bozorlar, savdo nuqtalari va ta’lim muassasalarida tashkil etilgan bunday savdo pavilyonlarida 26 turdagi zarur o‘quv vositalari xaridorlarga taqdim etilmoqda.

Viloyat bo‘yicha bozor va savdo majmualari bilan birga, 27 umumta’lim maktabida ham maxsus yaramarkalar tashkil etilgan. Navbahor tumanidagi 9-umumta’lim maktabida tashkil etilgan yarmarka faoliyatidan ham ota-onalar mamnun.

– Shu yil qizim birinchi sinfga boradi, – deydi Zilola Adizova. – Yarmarkadagi savdo rastalarini aylanib ko‘rdik, o‘quvchi uchun zarur barcha buyumlar bor ekan. Eng muhimi, maktab uchun zarur vositalarni bozorma-bozor izlab yurmaysiz, bir joyda barcha xaridingizni amalga oshirish imkoniyati mavjud. Sifati va narxiga ham hech qanday e’tiroz yo‘q.

Umumta’lim maktablari rahbariyati ota-onalar bilan kelishgan holda, o‘quvchilar uchun maxsus forma joriy etgan. Maktab kiyimlarining mahalliy tikuvchilik korxonalarida tayyorlanib, hamyonbop narxlarda belgilangan namunadagi kiyim-kechaklar savdosi yo‘lga qo‘yilgani ota-onalar uchun har tomonlama qulay bo‘lmoqda.

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat), O‘zA
1 619






Все о погоде - Pogoda.uz