O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida leytenant unvonini olgan yosh ofitserlar bitiruviga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida leytenant unvonini olgan yosh ofitserlar bitiruviga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Ularda davlat va jamoat tashkilotlari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi vakillari hamda bitiruvchilarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti bitiruvchilariga diplom va ko‘krak nishonlari “Vatanga qasamyod” monumenti poyida topshirildi. Tibbiy xizmat ofitserlari tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tibbiy tarkibi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash maqsadida 2012-yil 10-iyulda Vazirlar Mahkamasining “Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida harbiy-tibbiyot fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

– Davlatimiz rahbari tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha soha oldiga katta vazifalar qo‘ydi, – deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakultetining harbiy toksikologiya va tibbiy muhofaza kursi boshlig‘i Soli Yarashev. – Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida fakultetimizda ham bo‘lajak harbiy shifokorlarni o‘qitish sifatini oshirish, mamlakatimizning bu boradagi boy ilmiy salohiyatidan yanada samarali foydalanishga qaratilgan ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri o‘rinbosari Jahongir Meliboyev va boshqalar bitiruvchilarni ushbu unutilmas voqea bilan tabriklab, ularga kelajakda muvaffaqiyat tiladi.

4c (1).jpg

Buxoro viloyatidan leytenant Behruz Zokirovning onasi Dilrabo Nurova bitiruvchilarga oq yo‘l tiladi. Leytenant Oybek Qosimov bitiruvchilar nomidan milliy armiyamiz harbiy xizmatchilarining salomatligini ishonchli himoya qilishga va’da berdi.

– O‘g‘limning bitiruv marosimiga Samarqanddan turmush o‘rtog‘im bilan keldik, – deydi leytenant Muhammad Omonovning otasi Ravshan Toshtemirov. – To‘ng‘ich o‘g‘lim Aziz fermer, paxta, bug‘doy va mevalar yetishtiradi. Kenja o‘g‘lim Muhammad esa sharafli Vatan himoyachisi kasbini tanladi. Mamlakatimizda fuqarolar salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Farzandimiz ham shunday sharafli kasbni egallab, insonlar salomatligini himoya qilishga hissa qo‘shishi bilan faxrlanamiz.

Qurolli Kuchlar Akademiyasi umumqo‘shin fakulteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakultetida ham shunday tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Qalbida Vatan va harbiy burchga sadoqat tuyg‘usi jo‘sh urib turgan bu yosh ofitserlar mamlakatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini ishonchli himoya qilishga tayyor. Oq yo‘l sizga, leytenantlar!

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Vatanga qasamyod” monumenti poyida yosh ofitserlarga diplomlar topshirildi