Mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlari pedagog kadrlari malaka oshirdi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi bilan Yevropa Ittifoqi komissiyasining «Erasmus+» milliy ofisi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarining rahbarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari, doktorantlar ishtirok etdi.
Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Sh.Sharipov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i U.Sharifxo‘jayev va boshqalar pedagog kadrlarning malakasini oshirishda o‘zaro tajriba almashish, jahondagi samarali usullarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
– Har yili mamlakatimizdagi professor-o‘qituvchilarni ilg‘or xorijiy tajribalardan xabardor qilish hamda malakalarini oshirish maqsadida chet ellik mutaxassislarni taklif qilib, seminar-treninglar o‘tkazamiz, – deydi O‘zbekistondagi «Erasmus+» milliy ofisi menejeri Gulshoda Karlibayeva. – Bu gal O‘qitish hamda ta’lim olishni rivojlantirish milliy forumi direktori, professor Tereza Margaret Magvayyer (Irlandiya) mahorat darslari o‘tdi.
Seminarda uzluksiz ta’lim tizimida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.