Poytaxtimizda “Ijtimoiy fanlarni o‘qitish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda o‘quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligi: muammolar va yechimlar” mavzuida ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarining forumi o‘tkazildi.

Poytaxtimizda “Ijtimoiy fanlarni o‘qitish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda o‘quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligi: muammolar va yechimlar” mavzuida ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarining forumi o‘tkazildi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridan 250 nafar o‘qituvchi, metodist, hududiy xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari hamda oliy ta’lim muassasalari olimlari qatnashdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishidan biri mamlakatimizda ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgandir. Mazkur yo‘nalish ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish kabi muhim vazifalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozoriga zamonaviy ehtiyojga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash kabi keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur forum ana shunday tadbirlar sirasiga kirib, mamlakatimizda o‘tgan yillar davomida ijtimoiy fanlar ta’limini takomillashtirish yo‘nalishida olib borilgan ishlarni sarhisob qilish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, erishilgan yutuqlar, keng ko‘lamli islohotlarning tub mohiyati va ahamiyatini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Forum tarix, davlat va huquq asoslari, iqtisodiy bilim asoslari, odobnoma, Vatan tuyg‘usi, milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari fanlarini o‘qitish yo‘nalishlari bo‘yicha yalpi va sho‘ba yig‘ilishlari tarzida o‘tkazildi. Ularda mustaqillik yillarida mazmunan to‘liq yangilangan ijtimoiy fanlarni o‘qitish borasidagi ishlar tahlil qilinib, dolzarb masalalarni o‘rganish belgilab olindi. Innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida davlat va huquq asoslari darslarini qiziqarli tashkil etish, iqtisodiy bilim asoslari fani orqali o‘quvchilarning iqtisodiy madaniyatini shakllantirish, o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni hosil qilishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumiga kiruvchi fanlarda zamonaviy darslarni tashkil etish metodikasi ko‘rib chiqildi.

– Yosh avlod dunyoqarashini kengaytirish, ularni Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalashda ijtimoiy fanlarning ahamiyati beqiyos, – deydi Respublika ta’lim markazi bo‘lim boshlig‘i Nargiza Ismatova. – Milliy an’ana va qadriyatlarimiz, ajdodlarimiz boy ma’naviy merosidan o‘quvchilarni xabardor etish, umuman, mazkur fanlarni sifatli o‘qitish o‘qituvchidan yuksak mahorat, chuqur bilim va malaka talab etadi. Forumda ana shunday ish tajribasiga ega fan o‘qituvchilari ishtirok etdi. Ular tomonidan o‘qitish sifatini oshirish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, "Oila – mahalla – ta’lim muassasasi" hamkorligi samaradorligini oshirish borasida ilg‘or tajribalar taqdim etildi. Masalan, Xorazm viloyati vakillari o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini shakllantirishda virtual sayohat darslarini tashkil etish yuzasidan taqdimot namoyish qildi.

Forum ishtirokchilari poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 9-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan mahorat darslarini bevosita kuzatib, tahlil qilish, tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

– Umumta’lim maktablarida Vatanimiz tarixi alohida o‘quv fani sifatida bir o‘quv yilida 221 soat o‘qitilmoqda, – deydi Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 144-umumta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi Husniddin Tojiboyev. – Bugungi kunda bu fanga oid yetti tilda 8 nomdagi darsliklar yaratilgan. Mavzular davriy ketma-ketlikka asoslanib, tarixiy voqealarni o‘rganishga qo‘yilgan talablar asosida o‘quvchilarning yoshi, bilim saviyasi, ruhiy-psixologik holati, jismoniy rivojlanishi darajalariga moslashtirilgan. Jahon tarixi fani o‘qitilishida ham boy ma’naviy, ilmiy merosimizning dunyo ilm-fani rivojiga ta’siri masalasiga alohida urg‘u berilmoqda. Pedagoglar uchun sarhisob, ilg‘or tajriba va takliflar maydoni bo‘layotgan forumda tarix fanini o‘qitishga doir yangi tavsiyalar oldik. Dars mazmunini boyituvchi qo‘shimcha adabiyotlar bilan tanishdik, multimediya vositalaridan samarali foydalanishni o‘rgandik.

Tadbir doirasida ishtirokchilarning poytaxtimizdagi madaniy-ma’rifiy maskanlarga sayohati tashkil qilindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchilar forumi