«Taraqqiyot strategiyasi» markazida Bolonya deklaratsiyasiga muvofiq, O‘zbekistonda oliy ta’limni modernizatsiya qilishning innovatsion yondashuvlariga bag‘ishlab seminar o‘tkazildi.

«Taraqqiyot strategiyasi» markazida Bolonya deklaratsiyasiga muvofiq, O‘zbekistonda oliy ta’limni modernizatsiya qilishning innovatsion yondashuvlariga bag‘ishlab seminar o‘tkazildi. Unda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga oid maqsad va vazifalar muhokama etildi.

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi “Erasmus+” loyihasining O‘zbekistondagi Milliy ofisi bilan hamkorlikda tashkil etgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yevropa Ittifoqining yurtimizdagi delegatsiyasi, oliy ta’lim sohasidagi ekspertlar milliy jamoasi vakillari, “Tempus” va “Erasmus+” loyihalari ishtirokchilari, jurnalistlar qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari U.Begimqulov, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi ijrochi direktori A.Burhonov, “Erasmus+” loyihasining O‘zbekistondagi Milliy ofisi koordinatori A.Abdurahmonova va boshqalar 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish ko‘zda tutilganini ta’kidladi. Dastur doirasida milliy kadrlar raqobatbardoshligini, oliy ta’lim tizimini tegishli jahon amaliyoti darajasigacha oshirish, ishtirokchi davlatlar diplomlarini o‘zaro tan olish, o‘qituvchi va talabalar almashish dasturini amalga oshirish imkonini beradigan 1999-yil 19-iyundagi Bolonya deklaratsiyasiga qo‘shilish masalasi ko‘rib chiqiladi. Shu munosabat bilan seminarda Bolonya deklaratsiyasi jarayoni, uning rivojlanish va asosiy prinsiplari to‘g‘risida umumiy ma’lumot berildi.

Seminar ishtirokchilari 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va undagi oliy ta’lim sohasiga oid boblar bilan tanishtirildi. Ularga Bolonya jarayonini rivojlantirish tarixi va uning faoliyatidagi asosiy prinsiplar to‘g‘risida ma’lumot berildi, oliy ta’limni Bolonya jarayoniga muvofiq modernizatsiya qilishning innovatsion yondashuvlari muhokama qilindi.

Bolonya jarayoni prinsiplarini ilgari surish va joriy qilish, oliy ta’limni baynalmilallashtirish borasida tajriba orttirish, safarbarlikni tashkil etishda “Tempus” va “Erasmus+” loyihalarining roli, Yevropaning imtihon ballarini konvertatsiya qilish va to‘plash tizimi (ECTS) inobatga olingan holda, malakani tan olish hamda dasturlar yaratish masalasiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

Ayni paytda O‘zbekistonning 42 oliy ta’lim muassasasi “Tempus IV” va “Erasmus+”ning 20 loyihasida ishtirok etmoqda. Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarining mazkur loyihalarga qiziqishi yil sayin ortib borayotir.

Yurtimiz o‘qituvchi va talabalari kredit mobilligi bo‘yicha 85 loyiha doirasida Yevropa oliy o‘quv yurtlarida o‘qish va malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yevropalik o‘qituvchilar esa O‘zbekistonga ma’ruza o‘qish va seminarlar o‘tkazish uchun keldi.

O‘tkazilgan ikkita tanlov natijalariga ko‘ra ishlab chiqilgan rejaga muvofiq, o‘zbekistonlik 461 o‘qituvchi Yevropa universitetlarida malaka oshirib, o‘qitishning yangi usullarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, 2017-2018 o‘quv yilida Yevropa sanoat korxonalari va noakademik yo‘nalishdagi tegishli sherik tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash imkoniyati yaratiladi.

Seminar qatnashchilari O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchi va talabalar faolligi – innovatsiyalarni joriy qilish kafolati