o‘rov natijalari pedagoglar umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirish va rivojlantirish borasida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatdi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturiga muvofiq "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan "O‘qituvchi o‘zi faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasi, bolalar va o‘zi haqida" mavzusida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish natijasida fuqarolarga sifatli va bepul ta’lim berish – ko‘p jihatdan jamiyat taraqqiyoti, kelajagini belgilovchi muhim vazifa ekanini ko‘rsatdi. O‘zbekistonda bu sohaga davlat siyosatining muhim va ustuvor yo‘nalishi sifatida qaraladi. Ta’lim samaradorligini ta’minlashda pedagogning kasb mahorati, bilimi, malaka va ko‘nikmasi muhim omil sanaladi.

So‘rov natijalari pedagoglar umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirish va rivojlantirish borasida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatdi. Ishtirokchilar o‘tkazilayotgan islohotlarning asosiy vazifasi –boshlang‘ich ta’lim sifatini yaxshilash, yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, o‘quv muassasalariga yuqori darajadagi umumiy va kasbga oid madaniyat, ijodkorlik salohiyatiga ega ijtimoiy faol, tashabbuskor, iste’dodli mutaxassislarni jalb qilishdan iborat, deb hisoblaydi.

Tadqiqot natijalari o‘qituvchi nafaqat o‘quvchi, balki butun jamiyat, davlat kelajagini shakllantirishda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatdi. Bu ko‘p jihatdan o‘qituvchining kommunikativ qobiliyati, irodasi, ta’bir joiz bo‘lsa, jasoratiga bog‘liq. Shu bois, respondentlar o‘qituvchilik eng murakkab, shu bilan birga, juda qiziq va talab yuqori bo‘lgan kasblardan biri hisoblanishini ta’kidladi.

O‘qituvchilardan ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilar jamoasida, shuningdek, ular mashg‘ulot olib boradigan sinflarda hukm surayotgan umumiy ruhiy muhitni tavsiflab berish so‘raldi. Umuman olganda pedagoglar (75,3 foizi) ruhiy muhitga ijobiy baho berdi.

So‘rovda qatnashgan o‘qituvchilarning aksariyati (76,7 foizi) hozirgi kunda bolalarning axloqiy, huquqiy, zarur ijtimoiy axloqiy-psixologik sifatlari, hayotiy qadriyatlari shakllanishida, avvalo, oila hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Har beshinchi pedagog yosh ulg‘aygan sari, ayniqsa, o‘spirinlik va o‘smirlik yoshida o‘quvchilar shaxs sifatida shakllanishi, hayotiy qadriyatlari tizimidagi ustuvor jihatlar shakllanishida tengdoshlari, jumladan, sinfdoshlar, do‘stlar, o‘smirlar guruhlari tutgan o‘rni tobora ortib borishini qayd etdi. Har o‘ninchi pedagog fikricha, keyingi paytda maktab o‘quvchilari, xususan, o‘smirlar va yuqori sinf o‘quvchilarining axloqiga internet, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar va internet-hamjamiyatlari ta’sir ko‘rsata boshladi.

Ishtirokchilar fikriga ko‘ra, bolaning virtual makonda ota-ona tomonidan nazoratsiz qoldirilishi, ota-ona va pedagoglarning zamonaviy dunyoning nisbatan yangi ma’naviy-mafkuraviy tahdidlaridan yaxshi boxabar emasligi, pedagog bilan hamfikrlik yo‘qligi, axborot va bilim manbai sifatida qabul qiluvchi o‘smir orasida ishonchga asoslangan munosabat o‘rnatilmagani, istagan muammoni muhokama qilish mumkin bo‘lgan katta yoshli do‘stlar – o‘smirni "tarbiyasi og‘ir" bolaga aylantirib qo‘yayotgan asosiy sabablardandir.

So‘rov o‘qituvchilarning o‘zlari ishlayotgan o‘quv muassasasida yo‘lga qo‘yilgan o‘quv jarayoni samaradorligi va sifati haqidagi fikrlarini ham o‘rgandi. Ishtirokchilarning aksariyati o‘quv jarayoni tashkillashtirilishini ijobiy baholadi.

O‘qituvchilar o‘z ta’lim dargohi, sinf xonasi, auditoriya, sport zali va boshqa turli o‘quv, bayram, sport hamda jamoatchilik tadbirlari o‘tkaziladigan bino va maydonlarga ham baho berdi. Ishtirokchilarning yarmidan ko‘pi (60,7 foizi) o‘zi ishlayotgan ta’lim dargohi binosiga ijobiy baho berib, ular yaxshi holatda ekanini qayd etdi. So‘rov natijasida mamlakatimiz o‘quv dargohlarining deyarli yarmi, auditoriya, zal, texnik va sanitar obyektlar bilan birga, (48,6 foizi) kapital ta’mirdan chiqqani aniqlandi. Shuningdek, ta’lim muassasalarining yarmidan ortig‘i (53,6 foizi) axborot resurslarini saqlaydigan ZiyoNET milliy kutubxona ma’lumot tizimiga ulangani oydinlashdi. ZiyoNET tizimiga ulangan ta’lim dargohlarining 61,3 foizi shahardagi o‘quv dargohlari – maktablar, litsey va kollejlar, 46,9 foizi esa qishloq ta’lim dargohlariga tegishli ekani so‘rov o‘tkazuvchilar tomonidan ta’kidlandi.

Ishtirokchilar o‘quv dargohlari kutubxonalarining aniq ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha barcha zarur kitoblar bilan to‘la ta’minlangani xususida ham fikr bildirdi. Umuman, respondentlarning 75 foizi o‘zlari ishlayotgan ta’lim muassasasi kutubxonasi barcha talablarga javob berishi va to‘la ta’minlanganini bildirgan. Litsey va kollejlarda bu ko‘rsatkich biroz past – 69,6 va 62,2 foizni tashkil etadi. So‘rov natijalariga ko‘ra, ko‘plab maktab, litsey va kollejlarda o‘quvchilarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi uchun yetarli shart-sharoit yaratilgan: sport inventarlari bilan jihozlangan sport zallari mavjud.

Bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini saqlashning asosiy shartlaridan biri – muntazam ravishda muvofiqlashtirilgan sifatli va to‘laqonli ovqatlanishdir. Shu jihatdan o‘quv muassasasida bolalar sifatli va issiq taom tanovul qilishi mumkin bo‘lgan oshxona faoliyat yuritishi muhim ahamiyat kasb etadi. So‘rov natijalariga ko‘ra, oshxona shahar ta’lim dargohlarining aksariyatida, qishloq ta’lim dargohlarining deyarli yarmida faoliyat yuritadi.

Pedagoglar ta’kidlashicha, 11-yillik ta’lim tizimiga o‘tilgani ta’lim jarayoni sifatining oshishiga, o‘quvchilarning maktabdagi asosiy fanlar bo‘yicha tizimli chuqurlashtirilgan bilim olishiga imkon yaratadi. Respondentlarning salmoqli qismi 11-yil davomida o‘quvchi o‘z maktabida qadrdon tengdosh va o‘qituvchilari jamoasida axloqan, ruhan va jismonan barkamol bo‘lib voyaga yetadi, deb hisoblaydi.

Umuman, o‘qituvchilar fikricha, Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘rta ta’limni isloh qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda. Ayni paytda bu dolzarbdir va ota-onalar, o‘qituvchi, jamoatchilik tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlanmoqda.

«Ijtimoiy fikr» markazi ma’lumotlari
asosida O‘zA muxbiri
Ablay Kamolov tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchi – ta’lim jarayonida eng muhim shaxs