Bu yilgi test sinovlaridagi yangiliklardan biri – malaka sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlarning o‘qishga kirishda test sinovlari majmuasiga kiritilgan chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani bo‘yicha 3 yilgacha test sinovidan ozod etilishidir.

Davlat test markazining ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda chet tilini o‘rganish va bilish darajasini baholash uchun joylarda talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda guruhlar tashkil etish, viloyatlarda test sinovlari o‘tkazilishini ta’minlash, topshiriq shakllari va test sinovlarini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi qaroriga asosan 2018-yil 1-yanvardan boshlab malaka sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga sertifikatni olgan kundan 3 yilgacha amalda bo‘ladigan imtiyozlarni berish tartibi joriy etildi. Unga ko‘ra:

– chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi A2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga kirishda saralash test sinovlari ro‘yxatiga kiritilgan chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani bo‘yicha test sinovidan ozod etiladi va ularga chet tili fanidan maksimal ball beriladi;

– chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi B1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari majmuasiga kiritilgan chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani bo‘yicha test sinovidan ozod etiladi va ularga chet tili fanidan maksimal ball beriladi;

– chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga kirishda test sinovlari majmuasiga kiritilgan chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani bo‘yicha test sinovidan ozod etiladi va ularga chet tili fanidan maksimal ball beriladi;

– chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagoglari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun belgilangan maksimal ball bilan baholanadi va test sinovidan ozod etiladi.

Chet tili fanidan imtihon 4 bosqichda amalga oshiriladi: 1) “Tinglab tushunish” (Listening), 2) “O‘qish” (Reading), 3) “Yozish” (Writing), 4) “Gapirish” (Speaking).

Davlat test markazining Qoraqalpog‘istondagi doimiy vakili M.Abdullayevning ta’kidlashicha, oliy o‘quv yurtlari uchun test sinovlari majmuasiga kiritilgan chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani bo‘yicha imtihonlarning dastlabki 3 bosqichi (Listening, Reading va Writing) shu yilning fevral oyida Toshkent shahrida, 4-bosqich (Speaking) imtihonlari esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Nukus shahrida imtihonlar Agroiqtisodiyot kollejida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda abituriyentlar uchun chet tillaridan imtihon qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi