Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat test markazi tomonidan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) hamda nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash amaliyoti, tajriba va natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida kadrlar tayyorlash sifati takomillashib borayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘layotir.

O‘zbekiston yoshlari orasida xorijda ta’lim olayotganlar safi kengayib bormoqda. Ularning mamlakatimizga qaytib kelib, ishga joylashishida ma’lum tartiblar belgilangan. Yaqinda xorijiy davlatlarning ta’lim hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiyalash borasida qo‘shimcha yangi me’yor va qulayliklar yaratildi.

– Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-apreldagi «Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori asosida amalga oshiriladi, – deydi Davlat test markazi bo‘lim boshlig‘i N.Eshonqulov. – Nizomga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq, xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingi asosida ro‘yxatga kiritilgan oliy o‘quv dargohlarini tamomlagan yurtdoshlarimiz maxsus sinovlar topshirmaydi. Ya’ni ular ortiqcha ovoragarchiliklarsiz mutaxassisligi bo‘yicha ishga bemalol joylashishi mumkin. Mazkur xalqaro reyting bo‘yicha ro‘yxatga kiritilmagan oliy ta’lim muassasalarini bitirganlarga bu imkoniyat berilmaydi. Bundan tashqari, nizomda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha ham yangi tartiblar belgilangan.

Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nostrifikatsiyalash: qulayliklar yaratildi