O‘zA O`zbek

15.03.2019 19:19 Chop etish versiyasi

“Nafosat Olami” sport festivali yoshlar uchun yana bir sinov vazifasini oʻtadi

“Nafosat Olami” sport festivali yoshlar uchun yana bir sinov vazifasini oʻtadi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport majmuasida “Nafosat Olami” festivali doirasida sport raqsi boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi.

“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro fondi tashabbusi bilan oʻtkazilgan bu galgi “Nafosat olami” sport festivali 500 nafardan ziyod oʻgʻil-qizlarni qamrab oldi.

Ayniqsa, badiiy gimnastika, suzish, sinxron suzish boʻyicha oʻtkazilgan bahslar sport arenasiga endigina kirib kelgan jajji oʻgʻil-qizlarimiz uchun katta musobaqalar oldidan yana bir bor sinov vazifasini oʻtadi.

Yoshlarimiz orasida sport raqslariga boʻlgan qiziqish ham yildan-yilga koʻpayib borayotgani bu galgi bahslarda ham sezilib turdi.

170 nafar oʻgʻil-qizlar 10 yoʻnalishga kiritilgan Yevropa va Lotin Amerikasi xalqlari sport raqslarini maromiga keltirib ijro etishdi. Bir-biridan goʻzal sport raqslari ijrochilari Diana Malikova, Samira Bobojonova, Yuriy Malikov, Ruslan Paklar bu galgi bellashuvlarning gʻolibi boʻlishdi.

Sport bayrami yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Nazokat Rajabova, OʻzA
518