Toshkent shahridagi Inha universiteti va Koreya Respublikasi Inha universiteti o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq, O‘zbekiston professorlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi ish boshladi.

Mazkur dastur doirasida mamlakatimiz yosh mutaxassislari malaka oshirish va doktorlik darajasiga ega bo‘lish uchun xorijiy oliy o‘quv yurtlariga yuboriladi. Toshkentdagi Inha universiteti professori assistenti Husanbek G‘ofurov shunday imkoniyatga ega bo‘lgan mutaxassislardan biri. U ikki yil davomida Koreya Respublikasidagi Songyungvan universitetida o‘qishni davom ettiradi. Husanbek yurtimizga qaytgach, axborot texnologiyalari sohasi uchun kadrlar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shadi.

– Prezidentimiz ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim sohasi mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratmoqda, – deydi H.G‘ofurov. – Biz, yosh mutaxassislar bildirilgan bunday yuksak ishonchni oqlash uchun kasbimizni yanada puxta egallash, zamonaviy bilim va texnologiyalarni o‘rganish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Mamlakatimiz axborot texnologiyalari mutaxassislarining xorijiy oliy o‘quv yurtlarida bilim olishi, chet ellik hamkasblari bilan tajriba almashishi O‘zbekistonda ushbu sohani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mutaxassislar malaka oshiradi