Mustaqil hayot bo‘sag‘asida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejini bu yil 595 nafar yigit-qiz bitirdi. Ularning 365 nafari oliy ta’lim dargohlarida o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan bo‘lsa, o‘nga yaqini bankdan imtiyozli kredit olib, tadbirkorlik faoliyatini boshladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejini bu yil 595 nafar yigit-qiz bitirdi. Ularning 365 nafari oliy ta’lim dargohlarida o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan bo‘lsa, o‘nga yaqini bankdan imtiyozli kredit olib, tadbirkorlik faoliyatini boshladi.— Kollejda keng assortimentdagi kiyimlar modelyer-konstruktori yo‘nalishida tahsil oldim, - deydi birituvchi Sabohat Tursunboyeva. — Tengdoshlarim qatori men ham katta orzular bilan mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqdaman. O‘zim qiziqqan sohada oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lish, el-yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni maqsad qilganman.