O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan aksiya doirasida Jizzax viloyati Zomin tumanidagi 47-umumta’lim maktabi kutubxonasiga 30 nomdagi 300 dan ziyod badiiy kitob sovg‘a qilindi.

Prezidentimizning joriy yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida tashkil etilgan aksiyada taniqli shoir-yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, yetakchi adabiy-badiiy nashrlar muharrirlari, keng jamoatchilik vakillari va o‘quvchilar, ularning ota-onalari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi a’zosi, adabiyotshunos olim B.Nazarov, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri S.Raupov va boshqalar Prezidentimizning farmoyishi xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni dunyoqarashi keng, mustaqil fikrlaydigan insonlar etib tarbiyalash borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Tumanning eng chekka hududidagi ushbu ikki qavatli zamonaviy umumta’lim maktabida Boymoqli qishlog‘i aholisining 500 ga yaqin farzandi tahsil oladi. Aksiya davomida ishtirokchilar maktab hayoti, kutubxona faoliyati, kitoblar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. O‘quvchilar bilan kitob, kitobxonlik haqida suhbatlashdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan sovg‘a qilingan mumtoz adabiyotimiz namoyandalari va zamondosh adiblar asarlaridan iborat kitoblar maktab kutubxonasini boyitishga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.

– Yoshlarning bilimli va keng dunyoqarashga ega insonlar bo‘lib ulg‘ayishida, insonda yuksak axloqiy fazilatlar to‘laqonli shakllanishida kitobning o‘rni beqiyos, – deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov. – Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish borasidagi vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan aksiyani ko‘proq olis qishloqlarda o‘tkazishni maqsad qilganmiz. Bularning barchasi ezgu maqsadlarga qaratilgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Aksiya doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga ijodkorlar dastxati tushirilgan kitoblar sovg‘a qilindi.

– Prezidentimiz farmoyishi mazmun-mohiyatini yoshlarga keng tushuntirish, ularda kitobxonlikka mehr uyg‘otish maqsadida tashkil etilgan tadbir maktabimiz hayotida unutilmas voqea bo‘lib qoladi, – deydi maktab direktori R.Qurbonov. – O‘quvchilarimizning atoqli ijodkorlar suhbatidan bahramand bo‘lib, dastxati tushirilgan kitoblarini olishi ularga katta quvonch bag‘ishladi. Bu yoshlarimiz qalbida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirishning bebaho vositasi bo‘lgan kitobga mehrini yanada oshiradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab kutubxonasiga 300 dan ziyod kitob sovg‘a qilindi