Navoiy davlat konchilik instituti magistri har bir xonadonda barpo etish mumkin bo‘lgan innovatsion issiqxona ixtiro qildi.

“Aqlli issiqxona”da o‘simliklar uchun yilning to‘rt faslida ham zarur bo‘ladigan mo‘’tadil haroratni ta’minlash imkoniyati mavjud. G‘oya muallifi Abduxalil Samadovning ta’kidlashicha, issiqxona uchun, masalan, 20 daraja issiqlik zarur bo‘lsa-da, havoning sovushi natijasida ichkaridagi harorat 10-15 darajaga pasaysa, har ikki-uch metrga o‘rnatilgan sezgir datchiklar boshqaruv pultiga xabar beradi. Havo harorati pasaygani haqidagi xabarni qabul qilgan boshqaruv pulti shu zahotiyoq avtomatik tarzda isitish uskunalarini ishga tushiradi. Agar aksi bo‘lsa, ya’ni havo harorati 20 darajadan oshib ketsa, “elektron qo‘llar” issiqxonani salqinlatish chorasini ko‘radi. Derazalar havo harorati 20 darajaga tushgunga qadar ochiladi.

Agar sizda ham uzunligi 15, eni 10 metr bo‘lgan issiqxona qurish istagi paydo bo‘lsa, “aqlli issiqxona”ning xarajati o‘rtacha atigi 3 million so‘mga yaqin ekanini aytib qo‘ymoqchimiz.

Ixtirochi yaratgan “aqlli issiqxona”, ayniqsa, tadbirkorlar uchun juda qulay. Qurilma tabiiy gazda ham, elektr energiyasida ham birdek ishlay oladi. Uning yana bir afzalligi, issiqxonadagi namlikni ham nazorat qilishidir. Tuproq ostiga o‘rnatilgan sezgir elementlar qayerga, qancha namlik zarurligi haqida boshqaruv pultiga xabar beradi. Shunga qarab tuproq namlantiriladi.

Bu ixtiro har bir xonadonda issiqxona barpo etib, yaxshigina daromad olish imkonini beradi. Muhimi, havoning sovuq kunlarida ham mo‘l hosil olishni kafolatlaydi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Magistr aqlli issiqxona ixtiro qildi