Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.09.2017 15:53 Chop etish versiyasi

Ma’naviy barkamol yoshlar

Namangan shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida 2 ming 370 dan ortiq o‘quvchi zamonaviy sharoitlarda tahsil olmoqda. Ta’lim dargohida o‘quv-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar namunali yo‘lga qo‘yilgan.

Bunda maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Gulnora Abdullayevaning munosib hissasi bor.

Pedagog yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, jamiyatda kechayotgan jarayonlarga daxldorlik tuyg‘usini oshirish hamda g‘oyaviy immunitetini mastahkamlashga xizmat qiluvchi targ‘ibot tadbirlarini muntazam tashkil etishga alohida e’tibor qaratadi. Bu jarayonda maktab kutubxonasi va ma’naviyat xonasini yangi adabiyotlar bilan boyitish, o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini oshirish, darsdan tashqari bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish borasidagi ishlar yaxshi samara bermoqda.

Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
899






Все о погоде - Pogoda.uz