Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 227-umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Kitobxonlik va ekologik madaniyatni yuksaltirish” mavzuidagi davra suhbatida kitobning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni, o‘quvchilarning ekologik madaniyatini oshirish borasida fikr almashildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida ta’lim muassasalarida yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlangan tadbirlar, davra suhbatlari, ko‘rik-tanlovlar tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Ekologik harakati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ko‘magida amalga oshirilayotgan “Sog‘lom kelajak uchun” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda ekolog olimlar, “Yoshlar qanoti” a’zolari, o‘qituvchilar va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Maktab direktori S.To‘raxonova, “Buloqcha” (“Rodnichok”) bolalar ekologik jurnali bosh muharriri R.Farhodiy va boshqalar navqiron avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ma’naviyatini yuksaltirish, keng dunyoqarashni shakllantirishda kitobning o‘rni beqiyos ekanligini alohida ta’kidladi.

Tadbirda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ishlab chiqarish jarayonida tabiatga salbiy ta’sir etishning oldini olishga yo‘naltirilgan ko‘plab chora-tadbirlar jamiyatimizni barqaror rivojlantirishda muhim omil bo‘layotgani qayd etildi.

– Sayyoramizda yuz berayotgan ekologik muammolar, inqirozlar ma’lum ma’noda insonlarning atrof-muhitga mas’uliyatsizligi va yoshlar ekologik madaniyatining yetarli darajada emasligi bilan ham bog‘liqdir, – deydi O‘zbekiston Ekologik harakati markaziy kengashi mutaxassisi M.Qodirova. – Bir necha yildan buyon O‘zbekiston Ekologik harakati muassisligida “Buloqcha” (“Rodnichok”) bolalar ekologik jurnali chop etilmoqda. Mazkur nashr yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologik ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, yoshlarni atrof-muhit muhofazasi ishlariga keng jalb etishga ko‘maklashmoqda.

Davra suhbatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kundalik turmushimizdan muhim o‘rin egallayotgan bugungi kunda navqiron avlodda kitobga mehr uyg‘otish, ularning ekologik madaniyatini yuksaltirish lozimligiga e’tibor qaratildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitobxonlik va ekologik madaniyat