Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.02.2017 21:17 Chop etish versiyasi

Iste’dod g‘unchalari

Iste’dod g‘unchalari Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi 8-bolalar musiqa va san’at maktabida 360 dan ziyod o‘g‘il-qiz fortepyano, o‘zbek xalq cholg‘ulari, an’ananaviy ijrochilik, tasviriy san’at, raqs kabi yo‘nalishlarda saboq olmoqda.

San’at koshonasida yaratilgan zamonaviy sharoit yoshlarning musiqa va san’at bobidagi mahoratini oshirib, turli nufuzli tanlov va festivallardagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlamoqda. Buni maktabning an’anaviy xonandalik yo‘nalishi bo‘yicha tarbiyalanuvchisi Roziya Komiljonova misolida ham ko‘rish mumkin. “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali, “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovlarida yuksak natijalarga erishgan yosh iste’dod sohibasi 2016 yil Boku shahrida o‘tkazilgan “Mug‘om” xalqaro bolalar festivalida 1-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA
648






Все о погоде - Pogoda.uz