Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida davlat organlarining fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlari tizimini yo‘lga qo‘yish, aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni tadbirkorlikka keng jalb etishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Ana shu vazifalardan kelib chiqqan holda, Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “Imtiyozlar izchilligi – taraqqiyot garovi” mavzusida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda 2016-yil oxirida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2017-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni, Prezidentimizning 2016-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan maqsad va vazifalar, soliq qonunchiligidagi yangilik va o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi.

Yurtimizda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay sharoit yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida soliq imtiyozlari berish va soliq ma’murchiligining samaradorligini oshirish tendensiyasi 2017-yilda ham saqlab qolingani ta’kidlandi. Jumladan, xizmat ko‘rsatish va servis sohasida faoliyat yurituvchi yuridik shaxslarni foyda va yagona soliq to‘lovi to‘lashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozi 12 ta faoliyat turini (shundan 4 tasi mamlakatimizning barcha hududlarida va 8 tasi qishloq joylarda) amalga oshirganlik uchun 2020-yil 1-yanvargacha tatbiq etilishi belgilandi. Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilar uchun hamda mamlakatimizda avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida berilgan soliq imtiyozlarining muddati ham 2020-yil 1-yanvargacha, ommaviy axborot vositalari tahririyatlari va nashriyotlar uchun berilgan soliq imtiyozlarining muddati 2019-yil 1-yanvargacha uzaytirildi.

– Soliq tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, tadbirkorlarga yaratilayotgan qulaylik va imtiyozlar xususidagi yangiliklarni tinglab, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga qiziqishim yanada ortdi, – deydi universitet talabasi Aliqul Qurbonov. – Kelajakda o‘z biznesimni yo‘lga qo‘yishda bu ma’lumotlar albatta asqotadi.

Tadbirda yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imtiyozlar – taraqqiyot garovi