O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari ko‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimida "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi qonun ijrosini o‘rganishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari S.Otamurodov, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I.Abdullayev, xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari B.Doniyorov va boshqalar "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi qonun ta’lim sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish uchun huquqiy va tashkiliy-texnik sharoitlarni yaratuvchi fundamental hujjat hisoblanib, axborotlashtirish jarayonlarini yaxlit va tizimli tartibga solishni samarali tashkil etishga qaratilganligini alohida ta’kidladi.

Deputatlar «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun ijrosini o‘rganish jarayonida Xalq ta’limi vazirligining markaziy apparati va vazirlik tizimiga kiruvchi 19 tashkilot va muassasaning faoliyatini tahlil kildi.

– Andijon va Navoiy viloyatlarida bo‘lib, umumta’lim maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi holatini o‘rgandik, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudoyorova. – O‘qituvchi-pedagoglarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asoslari haqida mukammal bilimga ega emasligi sohada turli kamchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Ular o‘quvchilarga axborot sohasiga doir zarur ko‘rsatmalarni yetarlicha berolmayapti. Deputatlarimiz tomonidan o‘qituvchilar tarkibi va o‘quvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidan xabardorlik darajasini aniqlash, milliy axborot tizimlari va axborot resurslaridan samarali foydalanishi bilan bog‘liq ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. Natijalar bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqdik.

Qonun talablarining sifatsiz ijro etilishi internet tarmog‘ining milliy segmentida yoshlar uchun qiziqarli ta’lim portallari sonining kamligi, o‘quvchilarning kitob, ularning elektron ko‘rinishini o‘qishga qiziqish darajasi pastligi, ta’lim va tarbiya jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishning yetarli emasligi bilan bog‘liq. Ta’lim muassasalari huzuridagi axborot-resurs markazlari faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish, ularning axborot-kutubxona fondini kengaytirish, markaziy axborot-kutubxona muassasalarining ma’lumotlar bazasidan keng foydalanishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur.

Yig‘ilishda tashkilot va idoralar o‘rtasida ta’limga oid axborotlarni almashish, boshqarish jarayonlarida ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali qo‘llash, interaktiv davlat xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirishni ta’minlovchi "Ta’lim" axborot tizimi joriy qilinayotgani, sohani to‘liq axborot materiallari bilan ta’minlovchi «ZiyoNet» axborot ta’lim tarmog‘i faoliyatining son va sifat ko‘rsatkichlari yangilanayotgani qayd etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilg‘or texnologiyalar joriy etilmoqda