2017/2018 o‘quv yilidan boshlab mamlakatimiz Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda 50 foizlik imtiyozga ega bo‘ladi.

Bugun har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan davlat siyosatida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ustuvor ahamiyat kasb etadi. Zero, Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga yo‘llagan bayram tabrigida ta’kidlaganidek, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham fuqarolarimizda bizga mutlaqo yot bo‘lgan zararli ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish va Vatanimiz taqdiri uchun mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ko‘rishimiz shart.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 4-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi» qaroriga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qarori ayni yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Muddatli harbiy xizmatdan qaytganlarni katta hayotda munosib o‘rin topishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur turdagi imtiyoz yildan-yilga takomillashib bormoqda. Chunonchi, 2005-yildan boshlab muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolar uchun mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda test sinovlarida to‘planadigan eng ko‘p ballning 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz taqdim etilgan bo‘lsa, 2012-yildan e’tiboran bu ko‘rsatkich 27 foiz etib belgilandi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan fuqarolarga mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda test imtihonlarida to‘plagan ballining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball taqdim etiladi.

Shu bilan birga, Birinchi Prezidentimizning 2012-yil 31-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining boshqa bandlari o‘zgarishsiz qoldirildi.

Demak, agar abituriyent mazkur imtiyozdan foydalangan holda tanlovdan o‘ta olmasa, mamlakatimizning boshqa oliy o‘quv yurtiga qabul qilish to‘g‘risida ariza topshirishi mumkin. Bunda abituriyent tanlagan boshqa oliy o‘quv yurtiga qabul qilish tasdiqlangan umumiy qabul kvotasi doirasida, imtiyozlar bo‘yicha belgilangan qo‘shimcha ballni hisobga olgan holda, fanlar bo‘yicha topshirilgan test sinovlari fanlar to‘plami (bloki) va abituriyent tomonidan to‘plangan ballarga muvofiq, Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat komissiyasining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Bunday arizalar test sinovlari tugagandan keyin 10 kun mobaynida Ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan fuqarolarga berilayotgan bunday imtiyozlar yoshlarimiz o‘rtasida harbiy xizmat nufuzini yanada yuksaltirishda, harbiy xizmat davomida puxta bilim va tayyorgarlikni egallashida ular uchun alohida rag‘batlantiruvchi omil bo‘lmoqda.

– Prezidentimizning joriy yil 4-aprelda imzolagan qaroridan behad quvondim, – deydi muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan toshkentlik Bekzod Zuhriddinov. – Chunki bu imtiyozlar harbiy xizmatni namunali o‘tab, tavsiyanomaga ega bo‘lgan biz kabi yoshlarning yorug‘ kelajagini ta’minlashda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy tavsiyanoma olgan abituriyentlarga 50 foizlik imtiyoz beriladi