O‘zA O`zbek

10.01.2018 15:47 Chop etish versiyasi

Fotoreportaj: Yakkabog‘dagi 8-maktabgacha ta’lim muassasasining yangi binosi

Fotoreportaj: Yakkabog‘dagi 8-maktabgacha ta’lim muassasasining yangi binosi Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi 8-maktabgacha ta’lim muassasasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.


Mazkur obyekt 816 million so‘mlik investitsiya mablag‘i asosida “Yakkabog‘ sayyod” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan bunyod etildi.


– Zamonaviy ko‘rinishdagi yangi binoda bolajonlar ilg‘or andoza asosida ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoit yaratilgan, - deydi muassasa mudirasi Shoira Aliqulova. – Xonalar yorug‘, shinam, barcha jihozlar bilan ta’minlangan. Ayni paytda bu yerda 84 nafar o‘g‘li-qiz tarbiyalanmoqda. Ingliz, rus tillari, badiiy gimnastika, milliy kurash to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
19 559