O‘zA O`zbek

09.01.2018 08:00 Chop etish versiyasi

Fotoreportaj: Qarshi shahridagi 17-maktabgacha ta’lim muassasasi

Fotoreportaj: Qarshi shahridagi 17-maktabgacha ta’lim muassasasi Davlatimiz rahbarining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohada jadal o‘zgarishlarga zamin yaratmoqda.

Qarshi shahridagi 17-maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bunga yorqin misol. Bu yerda bolajonlarning zamon talablari asosida ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Maxsus jihozlangan ingliz tili, musiqa, badiiy san’at to‘garaklari ular ixtiyorida.

6.jpg

9.jpg

4.jpg

10.jpg

— Ayni paytda 409 nafar o‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda, - deydi muassasa mudirasi Orzigul Shodiyeva. — Bugungi bolalar juda intiluvchan, yangilikka chanqoq. Shu bois muassasamizda 10 dan ortiq to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mashg‘ulotlarda zamonaviy multimedia vositalaridan keng foydalanilmoqda.

Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
27 617