Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.11.2017 17:34 Chop etish versiyasi

Farg‘onada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Islom huquqi maktabi tashkil etildi

Farg‘onada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Islom huquqi maktabi tashkil etildi Diniy ma’rifat azaldan jamiyatimizda ma’naviy-axloqiy tarbiyaning muhim qismi bo‘lib kelgan. Bugungi globallashuv davrida aholi, ayniqsa, yoshlarni turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan asrash, milliy-diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviyatimizni yuksaltirish, ayni paytda jahon ilm-fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan, xalqimizni ma’rifatga boshlagan buyuk allomalarimiz merosini o‘rganish, targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

12.JPG

Davlatimiz rahbari joriy yil 15-iyun kuni poytaxtimizda “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusida o‘tkazilgan anjumanda so‘zlagan ma’ruzasida bu masalaga ustuvor ahamiyat qaratdi. Islom madaniyatiga, umumbashariy sivilizatsiyaga benazir hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning diniy-ma’naviy merosini o‘rganishga ixtisoslashtirilgan Samarqandda – Imom Buxoriy ilmiy markazida hadisshunoslik, Imom Moturidiy markazi qoshida kalom ilmi, Farg‘onada – Marg‘inoniy ilmiy markazida islom huquqi maktabi, Buxoroda – Bahouddin Naqshband markazida tasavvuf, Qashqadaryoda – Abu Muin Nasafiy markazida aqida ilmi maktabini tashkil etish haqidagi tashabbusini barcha katta mamnuniyat bilan kutib oldi.

5.jpg

7.JPG

15.JPG

– Ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan bo‘lib, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi, – deydi Islom huquqi maktabi rahbari, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Farg‘ona viloyatidagi vakili T.Erbo‘taev. – Buyuk bobolarimizning boy merosini o‘rganish va uni keng targ‘ib etish biz, diniy ulamolar, imom-xatiblar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Yangi ish boshlagan mazkur Islom huquqi maktabida viloyatimizdagi imom-xatiblar, noiblarga Burhoniddin Marg‘inoniy kabi allomalarimizning asarlari chuqur o‘rgatiladi. Maktabda tinglovchilar uchun barcha sharoit yaratilgan.

Ma’sudjon Sulaymonov, Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA
2 380






Все о погоде - Pogoda.uz