Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida "Biologik (organik) dehqonchilikning institutsional masalalari: holati va istiqbollari" mavzuida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda mamlakatimizda tabiiy resurslardan, jumladan, yerdan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish dolzarb masalalardan biri ekanligi, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari salomatlik uchun foydali mikroelementlar, turli biologik moddalarga boyligi, ko‘p yillik an’anaviy dehqonchilik aynan organik mahsulot yetishtirishga moslashgani va bu boradagi ishlarni davom ettirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Organik qishloq xo‘jaligi – atrof-muhitga zarar keltiradigan kimyoviy vositalardan foydalanmasdan biologik xilma-xillikni asraydigan, ekotizimni yaxshilaydigan, tuproq unumdorligini oshiradigan, insonlar salomatligini muhofaza qiladigan ishlab chiqarish tizimi hisoblanadi.

Dunyo mamlakatlarida ekologik toza mahsulot yetishtirishga talab tobora ortmoqda. Dunyoda sertifikatlangan mahsulotlarning narxi qishloq xo‘jaligida kimyoviy usulda yetishtirilgan mahsulotlarning narxidan o‘rtacha 20 foiz va undan yuqori turadi. Bu yurtimiz fermeru tadbirkorlari uchun yangi eksport imkoniyatlarini ochadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan. Unda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish vazifalari belgilangani buning yorqin isbotidir.

Ilmiy-amaliy seminarda organik dehqonchilikning istiqbollarini ta’minlashda ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga keng joriy qilish, fan va amaliyot o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifatini ta’minlashda "Ta’lim-fan va amaliy tajriba negizida" tamoyilini qo‘llash alohida ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Tadbir yakunida "Eng yaxshi ilmiy ish" tanlovi natijalari e’lon qilindi. Uning g‘oliblari sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologik toza mahsulotga talab yuqori