Tizimning qulayligi shundaki, unda darsga sababsiz qatnashmayotgan, kechikayotgan yoki vaqtidan oldin chiqib ketayotgan kollej o‘quvchilarining ro‘yxati tuzilib, bu haqdagi xabar onlayn rejimda ota-onalarning qo‘l telefoniga yetkaziladi.

Furqat maishiy xizmat va pedagogika kasb-hunar kollejida Farg‘ona viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi hamkorligida “Davomat – ta’limning bosh mezoni” mavzusida ko‘rgazmali amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar – yurtimiz kelajagi, ertangi kunimiz egalari. Ularning hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlarda o‘sib-ulg‘ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunar sirlarini puxta o‘zlashtirishi, iste’dod va salohiyatini keng namoyon etishi uchun imkoniyat yaratish yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar asosini tashkil etadi.

Joriy yilning 9-fevral kuni Prezidentimiz raisligida ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida yoshlar tarbiyasidagi ba’zi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Farg‘ona viloyatida ham bu borada aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijrosi to‘liq ta’minlanmoqda. Profilaktika kuni doirasida ta’lim maskanlarida o‘quvchilarning darsga to‘liq qatnashishini ta’minlash, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq muammo va kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash, bartaraf etish, mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yuksaltirish asosiy vazifalar sifatida belgilangan.

– Viloyatda bugungi kunda 157 kasb-hunar kolleji va akademik litsey faoliyat ko‘rsatmoqda, – deydi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Azizbek Abdullayev. –O‘tkazilgan tahlillar davomida bir qator o‘quv muassasalaridagi davomat o‘rtacha 75 foiz ekani, o‘quvchilarni ta’limga to‘liq jalb etish va davomatni nazorat qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar kutilgan samarani bermayotgani ma’lum bo‘ldi. Hamkor tashkilotlar bilan o‘quvchilarning darsga to‘liq qatnashishini nazorat qiluvchi «Davomat» monitoring tizimi ishlab chiqildi. «Davomat» monitoring tizimi kollejlarga tatbiq etilgach, o‘z samarasini bera boshladi.

Zamonaviy komputer texnologiyalari va internet yordamida har bir o‘quvchi haqida to‘liq ma’lumot, ota-onasining telefon raqami ta’lim muassasasi bazasida shakllantiriladi. Tizimning qulayligi shundaki, unda darsga sababsiz qatnashmayotgan, kechikayotgan yoki vaqtidan oldin chiqib ketayotgan o‘quvchilarning ro‘yxati tuzilib, bu haqdagi xabar onlayn rejimda ota-onalarning qo‘l telefoniga yetkaziladi. Shu bilan birga, ta’lim muassasasidagi dars jarayoni, o‘qituvchining malakasini kuzatish, baholash imkoni ham yaratildi. Ushbu tizim orqali olingan ma’lumotlar tahlilidan kelib chiqib, o‘quvchilarning aynan qaysi soha yoki kasbga ko‘proq qiziqishi, fanlarni o‘zlashtirish darajasini taqqoslash mumkin.

Tadbir ishtirokchilari Furqat maishiy xizmat va pedagogika kasb-hunar kollejida «Davomat» monitoring tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tizim o‘z amaliy samarasini ko‘rsatdi. Avvalo, davomat tubdan yaxshilandi, o‘qitish sifati va samaradorligi oshdi. Tizimning afzalliklari bilan tanishgan ekspert va mutaxassislar «Davomat»ni yuqori baholab, bu tizim nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki o‘quvchilar tarbiyasini nazoratga olishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchilarning darsga to‘liq qatnashishini nazorat qiluvchi «Davomat» monitoring tizimi ishlab chiqildi