Toshkent davlat stomatologiya institutining 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan hamda 1-kurs talabalarining «Talabalikka bag‘ishlov» tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan yangilash, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratishga doir muhim masalalar belgilab berilgan.

Tadbirda institutda jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlarini keng joriy qilish, shuningdek, malaka oshirish kurslariga xorijdagi ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni jalb qilish, magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarida amaliyot o‘tashini, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil qilish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

– Institutimizda talaba-yoshlarning bilim olishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, – deydi Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Jasur Rizayev. – Jumladan, Toshkent shahridagi 4 stomatologiya poliklinikasi va klinik shifoxonalarda hamda 20 dan ziyod yirik xususiy stomatologiya poliklinikasida klinik bazalar tashkil etilib, o‘quv jarayoni olib borilmoqda. Shu bilan birga zamonaviy simulyatsion markaz tashkil qilib, Fransiyada ishlab chiqarilgan simulyatorlar xarid qildik. Bu talabalarning bilimlarini yanada takomillashtirish va amaliy ko‘nikmalarini puxta o‘zlashtirishiga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, institutda 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab fakultetlarning barcha kurslarida ayrim mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.

Tadbirda institut 1-kurs talabalari talabalik qasamyodini qabul qildi.

Bayram munosabati bilan institut professor-o‘qituvchilari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘lajak stomatologlar qasamyod qabul qildi