Mamlakatimizning barcha oliy harbiy ta’lim muassasalarida 5-iyul kuni test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 16-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha yangi muddatlar belgilandi. Endi oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi test sinovlari har yili 5-iyul kuni bo‘lib o‘tadi, 10-iyulda esa kursantlarning o‘qishga qabul qilinganligi haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori bilan oliy harbiy ta’lim muassasalariga nomzodlarni taqsimlash bo‘yicha yagona tanlov tizimi qabul qilindi. Mazkur tizim muassasalarni yakuniy test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan sog‘lom va bilimdon yoshlar bilan to‘ldirish imkonini beradi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakultetiga o‘qishga kiruvchi abituriyentlar o‘rtasida har doimgidek raqobat yuqori bo‘ldi. Test sinovlari nomzodlarni tanlashning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Bu bosqich yoshlarni faxriylar, harbiy xizmatchilar va oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari bilan uchrashuvlarda harbiy sohaga yo‘naltirish, ularga mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda maslahat berishdan boshlanadi. Harbiylar uchun ular xizmatni o‘tayotgan harbiy qismlarda, harbiy bo‘lmagan yoshlar uchun esa yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘limlarida o‘tkaziladigan ikkinchi bosqichda harbiy mutaxassislik bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beradigan, ruhan va jismonan sog‘lom, intellektual va ma’naviy-axloqiy salohiyatga ega nomzodlar aniqlanadi. Saralashning dastlabki ikki bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar tanlagan oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘tkaziladigan imtihonlarga kiritiladi.

4 (1).JPG

– Test sinovlarida qatnashadigan barcha nomzodlar belgilangan qat’iy sinovlardan o‘tgan, – deydi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetining boshlig‘i polkovnik Farhod Ortiqov. – Ular umumiy va komputer savodxonligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi, ruhiy-jismoniy sinov va suhbatlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Nomzodlarning 44 foizi shartnoma asosida xizmat qiladi, 56 foizi esa harbiy bo‘lmagan yoshlardir.

– O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli xizmatni o‘tadim va harbiy ta’lim muassasasida o‘qish uchun imtihon topshirdim, – deydi chirchiqlik Temur Qahramonov. – Men harbiy qism qo‘mondonligining test sinovlarida to‘plagan ballarimning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha imtiyoz beradigan tavsiyanomasiga ega bo‘ldim. Harbiy mehnatimni munosib baholagani uchun davlatimiz rahbariyatidan minnatdorman.

Shartnoma asosida xizmat qiladigan oddiy askar Keldibek Abduhafizov Toshkent harbiy okrugidagi harbiy qismlardan birida yigitlik burchini o‘tamoqda.

– Jamiyatimizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi milliy armiyamizda ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, – deydi Keldibek. – Ushbu o‘zgarishlarga men ham o‘z hissamni qo‘shish uchun ofitser bo‘lmoqchiman.

Paxtachi tumanidan Avazbek Turopov Toshkent harbiy telekommunikatsiya akademik litseyini tugatgan.

– Oilamizda harbiylar yo‘q, – deydi Avazbek. – Otam ishchi, onam shifokor. Ofitser bo‘lish niyatida litseyda harbiylik sohasini chuqur o‘rgandim. Ustozlarimdan olgan bilim va ko‘nikmalarim o‘qishga kirishimda menga yordam berishiga ishonaman.

Axborot texnologiyalari kollejini bitirgan nukuslik Dostiyor Toliboyev ham ushbu yo‘nalishda tahsil olgan.

Universitet hovlisida test sinovlarida farzandlariga ruhiy madad berish istagida kelgan bo‘lajak ota-onalar o‘tirishibdi.

– O‘g‘lim Murodjon Boboyev Bekobod yengil sanoat kollejini tugatdi, – deydi Zulfiya Murodaliyeva. – Turmush o‘rtog‘im metallurgiya zavodida ishlaydi, men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. O‘g‘lim esa ofitser bo‘lishga qaror qildi. Uning orzusi ushalishiga ishonaman.

Qurolli Kuchlar akademiyasida ham test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Surxondaryolik Iskandar Jo‘rayev harbiy qism qo‘mondonligining imtiyozli tavsiyanomasini olishga muvaffaq bo‘lgan. Bu yerda ham turli viloyatlardan kelgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Jizzaxlik Ahror Hamidov va andijonlik Saydullo Abduvaliyev test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida do‘stlashib oldi. Bu yoshlarning barchasini yagona maqsad – ofitser bo‘lish orzusi birlashtiradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘lajak ofitserlar muhim sinovdan o‘tdi