Bilim va tafakkuri yuksak avlod
Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi 7-umumta’lim maktabida yoshlarga zamonaviy ta’lim-tarbiya berish uchun barcha sharoit yaratilgan.
Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi 7-umumta’lim maktabida yoshlarga zamonaviy ta’lim-tarbiya berish uchun barcha sharoit yaratilgan.Sinf xonalari zarur o‘quv qurollari, ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlangan. O‘quvchilar darsdan so‘ng fan, kasb-hunar va sport yo‘nalishidagi to‘garaklarda mahorat oshirmoqda.
Ta’lim maskanining axborot-resurs markazi xodimlari yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan “Kitobxonlik bayrami” tadbiri, shoir-yozuvchilar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etishga alohida e’tibor qaratmoqda.