Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash va qamrab olish darajasini tubdan yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi 19 maktabgacha ta’lim muassasasida 2 ming 500 ga yaqin bola tarbiyalanmoqda.

– “Bolajon”, “Bilimdon” tayanch dasturlari asosida tarbiyalanuvchilar maktab ta’limiga sifatli tayyorlab borilmoqda, – deydi tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri Muhammadjon Shomatov. – Mazkur jarayonda bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish, kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim-tarbiya ishlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog va tarbiyachilarning kasbga oid bilim va malakasini oshirish alohida ahamiyatga ega. Ular belgilangan jadval asosida viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti maxsus o‘quv kurslarida o‘qitilmoqda.

Tumandagi 21-, 23- va 27-maktabgacha ta’lim muassasalarida me’yoriy hujjatlarni yuritish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida o‘tkazilgan seminar-treninglar mutaxassislarning bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish, zamonaviy pedagogik usullardan foydalanish borasidagi bilim va malakasini yanada boyitdi.

– Tashkil etilgan o‘quv kursi hamda seminar-treninglar pedagog va tarbiyachi-mutaxassislar faoliyati samaradorligini oshirishga yordam bermoqda, – deydi 1-maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Nargiza Asanboyeva. – Ayniqsa, ingliz va rus tillari to‘garaklari faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish borasida berilgan bilim va tavsiyalar mazkur yo‘nalishdagi ishlarimizni tubdan yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tumandagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida ingliz va rus tillari, gimnastika, raqs va sport to‘garaklari tashkil etilgan. To‘garak mashg‘ulotlari bolalarning yoshiga mos mavzu va usullar asosida nutq madaniyatini, erkin fikrlash qobiliyatini o‘stirish, jismonan chiniqtirish tarzida olib borilmoqda. “Zumradoylar davrasi” to‘garagi mashg‘ulotlarida bolalar milliy odob-axloq mezonlari, mehmon kutish, tozalikka rioya etish borasidagi tushunchalarini boyitmoqda.

Muassasalarda o‘tkazilayotgan “Orasta qiz”, “Sog‘lomjon– polvonjon”, “Ingliz tilida so‘zlashamiz”, “Men chizgan rasmlar” kabi tanlov va tadbirlarda bolalar katta qiziqish bilan ishtirok etmoqda.

22-maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya ishlari namunali yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda 5 yosh guruhiga 160 bola qamrab olingan. Bolalar har tomonlama sog‘lom o‘sishi, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Ingliz va rus tillari, sport, raqs to‘garaklari, fitobar tashkil etilgan.

– Raqs to‘garagiga bolalar katta qiziqish bilan qatnashadi, – deydi to‘garak rahbari Dilafro‘z Jo‘rayeva. – Raqs hamda raqs bilan bog‘liq turli o‘yinlar orqali ular intellektual rivojlanib, bilim olish va sog‘lom bo‘lishga intilishi kuchayadi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish” loyihasi doirasida tumandagi 9 maktabgacha ta’lim muassasasida olti yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli guruhlar tashkil etilgan. Ayni paytda ushbu guruhlarda 450 bola ilk saboqlarni olmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida